SMM manager
Ish tafsilotlari
Vazifalar:
•Mijozlar bilan onlayn va oflayn uchrashuvlar o'tkazish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va loyiha maqsadlarini belgilash.
• Loyiha, raqobatchilar, maqsadli auditoriya va ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilib, SMM strategiyasi hamda oylik kontent-reja ishlab chiqish.
• Dizayner, videograf, montajchi va kopirayterlar uchun texnik topshiriqlar tayyorlash hamda jamoa ishini muvofiqlashtirish.
• Suratga olish jarayonlarini tashkil etish va kontentning tasdiqlangan ssenariy asosida tayyorlanishini nazorat qilish.
• Instagram algoritmlari, Meta Ads va zamonaviy SMM vositalaridan foydalangan holda loyihalarni rivojlantirish.
• Loyihalar bo'yicha oylik hisobotlarni tayyorlash, natijalarni tahlil qilish va rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar berish.
Talablar:
• SMM sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Tijorat loyihalari bo'yicha muvaffaqiyatli keyslar mavjudligi ustunlik beradi.
• Rus va o'zbek tillarini erkin bilish.
• Meta Ads, Instagram algoritmlari va digital marketing asoslarini bilish.
• Mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, multitasking va deadline'larda ishlash ko'nikmasi.
• Mijozlar bilan uchrashuvlar va kontent suratga olish jarayonlarida muntazam ishtirok etishga tayyorlik.
Takliflar:
• Gibrid ish formati (ofis + masofadan ishlash).
• O'sib borayotgan marketing agentligida karyera qilish imkoniyati.
• Professional va do'stona jamoada ishlash.
• Tajribali rahbarlar tomonidan qo'llab-quvvatlash va mentorlik.
• Qulay ofis va professional rivojlanish imkoniyati.
• Maosh: 800–1000 USD
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
