Shtatdagi shifokor-dermatolog

Shtatdagi shifokor-dermatolog

BEUN

Maosh: Kelishiladi

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

BEUN Dermatological kompaniyasi uzoq muddatli hamkorlik uchun jamoasiga malakali shifokor-dermatologni taklif etadi.

Vazifalar

  • bemorlarni oflayn va onlayn konsultatsiya qilish
  • murakkab klinik holatlarni yuritish
  • akne, rozatsea, pigmentatsiya, seboreyali dermatit va boshqa teri kasalliklari uchun individual parvarish protokollarini ishlab chiqish
  • davolash natijalarini kuzatish va takroriy konsultatsiyalarni o’tkazish
  • kompaniya ichki jamoasiga tibbiy masalalar bo’yicha maslahat berish
  • ekspert kontent (video, maqola, jonli efirlar) yaratishda ishtirok etish
  • kosmetologlar, menejerlar va kompaniya xodimlarini o‘qitish
  • reklama va axborot materiallarining tibbiy jihatdan to‘g‘riligini tekshirish
  • BEUN mahsulotlarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspert baholash jarayonida ishtirok etish

Talablar

  • oliy tibbiy ma’lumot
  • dermatovenerologiya bo‘yicha amaldagi mutaxassislik sertifikati
  • shifokor-dermatolog sifatida ish tajribasi
  • zamonaviy klinik tavsiyalar va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini bilish
  • ravon nutq, mas’uliyat va yuqori professional etika
  • ta’lim loyihalari hamda brend rivojida faol ishtirok etishga tayyorlik

Imtiyozlar

  • rasmiy ishga qabul qilish
  • zamonaviy va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati
  • innovatsion mahsulotlar va tibbiy loyihalarni yaratishda ishtirok etish
  • kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari
  • qulay mehnat sharoiti va ahil jamoa

Maosh tafsiloti

  • barqaror oylik maosh + KPI tizimi

Bu rol uchun odatdagi maosh

1,8mlnminimum
4,5mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 57773

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar