Shaxsiy yordamchi
Bu rol uchun odatdagi maosh
Next Future Group (NFG)
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
Next Future Group (NFG) zapusk komandasi rahbariga shaxsiy yordamchi kerak! Hozirda katta loyihamiz ustida ishlayapmiz. 1-noyabr kuni kurslarimiz start olishi rejalashtirilgan. Ungacha esa bizni juda ko‘p ishlar kutmoqda: Syomkalar, Vebinar va seminarlar, Safarlar va uchrashuvlar, Loyihaga oid tashkiliy ishlar. Shu jarayonlarda menga yaqindan yordam beradigan, mas’uliyatli va harakatchan inson izlayapman.
Talablar
- Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish
- Tez o‘rganish va tashabbus ko‘rsatish
- Topshiriqlarni vaqtida bajarish
- Faol, kirishimli va harakatchan bo‘lish
- Safarlar va turli tadbirlarda qatnashishga tayyor bo‘lish
- Yigit nomzodlarga ustunlik beriladi
Imtiyozlar
- Katta zapusk loyihasida bevosita ishtirok etish
- Biznes, marketing va zapusk jarayonlarini ichidan o‘rganish
- Tajribali insonlar bilan ishlash va yangi tanishuvlar
- Real loyihada tajriba orttirish va o‘sish imkoniyati
Bu oddiy yordamchilik emas — biznes jarayonlarining ichida bo‘lish, ko‘p narsani o‘rganish va katta loyihaning bir qismiga aylanish imkoniyati. Hozirda tezkor ishga kirisha oladigan nomzod kerak.
Eslatma
Murojaat qilganda o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot, yoshingiz va tajribangiz bo‘lsa, shu haqida yozib yuboring. Agar o‘rganishga tayyor, mas’uliyatli va harakatdan qo‘rqmaydigan inson bo‘lsangiz, sizni jamoamizda kutamiz!
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

