Shaxsiy avtomobilidagi kuryerlar
Korzinka Go
8 000 000 so'm
Bozordan yuqori maosh
Bu e'lon · ≈8 mln
2,8mlnminimum
6mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:Smenali
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Jins:Farqi yo'q
Yosh:18+
Talab qilinadigan tillar:O‘zbek, Rus
Ish tafsilotlari
Korzinka Go Elbek ishga taklif qiladi! ! !
Shaxsiy avtomobilidagi kuryerlani ishga taklif qlamiz
Vazifalar
- Buyurtmalarni o‘z avtomobilingizda mijozlarga yetkazib berish
- Yetkazib berish standartlariga rioya qilish
Imtiyozlar
- Faqat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish
- Ish haqi oyiga 2 marta bank kartasiga to‘lab beriladi
- Kasallik varaqasi, mehnat ta’tili va moddiy yordam to‘lovlari
- Kuniga 2 mahal bepul issiq ovqat
- O‘zbekiston OTMlaridagi kontrakt to‘lovlarini qoplashda yordam (1 yil ishlagandan so‘ng)
- Tajriba talab etilmaydi — barcha kerakli bilimlarni o‘zimiz o‘rgatamiz
- Barcha ustozlarimiz avval kuryer bo‘lib ishlagan. Sizda ham Korzinka Go bilan o‘sish va rivojlanish imkoniyati mavjud
- Barcha choychaqalar (tips) 100% sizniki
- Ish sifati uchun mukofotlar
- Avtomobiliga Korzinka Go reklamasi joylashtirishni istagan kuryerlar uchun bonuslar (brendlash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni biz qoplaymiz)
- Farzandlaringiz uchun Yangi yil sovg‘alari
Maosh tafsiloti
- Ish haqi 8 000 000 so‘mdan boshlab
- Daromadingiz quyidagilardan shakllanadi: soatbay to‘lov, buyurtma uchun to‘lov, kilometr uchun to‘lov va ortiqcha vazn uchun to‘lov
Ish vaqti
- Ish grafigi 6/1
- Smenani tanlash imkoniyati mavjud (ertalab / kunduzgi / kechki / tungi)
- Tungi smena uchun alohida qo‘shimcha to‘lov beriladi
Talablar
- Yoshingiz 18 dan katta bo‘lishi kerak
- Shaxsiy avtomobilingiz va amaldagi haydovchilik guvohnomangiz bo‘lishi kerak
- Jamoada ishlashga tayyor bo‘lishingiz kerak
- O‘zbek tilini bilishingiz hamda rus tilini boshlang‘ich darajada tushunishingiz kerak.
ID 46333
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
