Servis menejeri

Servis menejeri

Taxtakon

3 000 000 – 4 000 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Qulayliklar:
Ovqat
Jins:Erkaklar
Yosh:23 – 38
Talab qilinadigan tillar:
  • O‘zbek
  • Rus

Ish tafsilotlari

“TAXTAKON” (“Russian Forest” xususiy korxonasi) kompaniyasining asosiy ofisiga Servis menejeri ishga taklif qilinadi.

Talablar

  • Erkak — 23–38 yosh
  • Toza va kelishgan tashqi ko'rinish
  • O'zbek va rus tillarida erkin muloqot
  • Emotsional intellekt (mijoz nega norozi, qanday yondashish — tez tushunadi)
  • Muammoni ko'rib, uni tizimli hal qilishga qodir
  • Faol, tashabbuskor, mas'uliyatli
  • Boshqa filiallarga xizmat safari uchun tayyor (oyiga 7–10 kun)

Vazifalar

  • Mijozlar bilan ishlash: kelgan mijozlarni iliq kutib olish
  • Mijozning ehtiyojini aniqlash va mos sotuvchiga yo'naltirish
  • Agar barcha sotuvchilar band bo'lsa — mijozga choy, kofe, suv taklif qilib, qulay joyda kutishga olib borish
  • Mijoz savdo qilmasdan ketganda — tashqariga chiqib, sababini bilib olish
  • Har kunni oxirida — nechta mijoz keldi, nechtasi savdo qildi, nechtasi savdosiz ketdi — hisobot
  • Savdosiz ketgan mijozlar sabablarini tahlil qilish (narx qimmat, tovar yo'q, sotuvchi diqqat qilmadi, kutib ko'p qoldi va h.k.)
  • Boshqa filiallarda ham xuddi shu jarayonni nazorat qilish
  • Filial muammolarini aniqlab, markazga xabar berish

Imtiyozlar

  • Rasmiy ish — mehnat shartnomasi
  • Oylik maosh o'z vaqtida
  • Kompaniya hisobidan tushlik
  • Chet elga va boshqa filiallarga xizmat safarlari

Maosh tafsiloti

  • Boshlang'ich maosh: 3 000 000 – 4 000 000 so'm

Ish vaqti

  • 6/1, 09:00 – 18:00

Eslatma

Ariza qoldiring, o'zimiz bog'lanamiz! Rezyume + yangi fotosurat yuboring (tashqi ko'rinish — lavozim talabi).

Bozordan past maosh

Bu e'lon · 4 mln gacha
2mlnminimum
6mlno'rtacha
17+mlnmaksimum
ID 120164

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Xorazmda o'xshash ish o'rinlari