SEO mutaxassis (Growth SEO)
Ish tafsilotlari
O'zbekiston bo'ylab mehmonxona va kvartira bron qilish platformasi. Sayt yangi: katalog (bir necha ming sahifa) tayyor, lekin organik trafik nolga teng. Loyihani noldan ko'taradigan odam kerak.
Talablar
- SEO'da 2+ yil real tajriba
- Texnik SEO: indeksatsiya, Core Web Vitals, structured data, hreflang (ru / uz-Latn / uz-Cyrl / en)
- Rus va o'zbek tillarida kontent strategiyasi
- Yandex bilan ishlash (O'zbekistonda ~22% qidiruv ulushi)
- Ahrefs yoki Semrush
Imtiyozlar
- Erkin grafik, to'g'ridan-to'g'ri rahbariyat bilan ishlash
- O'z dev jamoamiz bor — texnik tuzatishlar bajariladi
- KPI bonusi: impressions, organik klik, Google top-5 kalit so'zlar
Maosh tafsiloti
- Kelishiladi
Eslatma
Murojaatda yuboring: portfolio + Google Search Console skrinshoti (nolda boshlagan sayt) + 3–5-oyga qanday natija bera olasiz.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
