Savdo vakili (torgoviy predstavitel)

Savdo vakili (torgoviy predstavitel)

Zarqand shirinliklari

8 500 000 – 10 500 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Qulayliklar:
Transport
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

“Zarqand shirinliklari” qandolat fabrikasi maqsadli va shijoatli Savdo vakillarini (torgoviy predstavitel) jamoamizga taklif etadi!

Ish hududlari: Denov, Sho‘rchi, Uzun, Sariosiyo, Sharg‘un.

Vazifalar

  • Mahsulotning asosiy toifalari (Fasovka, Biskvit, MML) bo‘yicha savdo rejalarini bajarish.
  • Tasdiqlangan marshrut bo‘yicha savdo nuqtalariga muntazam tashrif buyurish, mijozlar bazasini faol kengaytirish.
  • Debitorlik qarzdorligini va pul mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish.

Talablar

  • Faol savdo sohasida rivojlanish va o‘z shaxsiy daromadiga bevosita ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan samimiy istak.
  • Kirishimlilik, ravon nutq (mijozlar bilan muloqot qilish uchun tillarni bilish) va uzoq muddatli munosabatlar o‘rnata olish qobiliyati.
  • Mas’uliyatlilik, ijrochilik va natijaga yuqori darajada yo‘naltirilganlik.
  • Denov, Sho‘rchi, Uzun, Sariosiyo va Sharg‘un hududlarini yaxshi bilish asosiy ustunlik bo‘ladi.
  • FMCG sohasidagi ish tajribasi olqishlanadi, biroq majburiy emas — kompaniya to‘liq o‘qitishni ta’minlaydi.

Imtiyozlar

  • Kompensatsiya paketi: korporativ SIM-karta hamda yo‘l xarajatlari taqdim etiladi.
  • Yo‘l to‘lovlari summasi (viloyatlar uchun belgilangan tariflarga ko‘ra 600 000 so‘mgacha) ish haqingizning umumiy tuzilmasiga oldindan kiritilgan.
  • Professional o‘sish: ishning birinchi kunlaridanoq kompaniya hisobidan bepul o‘qitish (samarali savdo texnikalari, mahsulot turlarini o‘rganish).
  • Mahsulot: sotish oson va yoqimli bo‘lgan “Zarqand” fabrikasining sifatli, xaridorgir va taniqli qandolat mahsulotlari.

Maosh tafsiloti

  • Ish haqi sizning savdo natijalaringizga asoslangan holda shaffof greyd tizimi (A, B, C) bo‘yicha hisoblanadi.
  • Boshlang‘ich daromad: majburiy bazaviy shartlar bajarilganda dastlabki bosqichda (C greyd) 8 500 000 so‘mdan boshlanadi.
  • Rejalarni bajarish tartibini suhbat davomida batafsil muhokama qilamiz.
  • Savdo hisobiga o‘sish: o‘z greydingizni A toifasigacha barqaror oshirish va 10 500 000 so‘mgacha daromad olish imkoniyati.
  • Qo‘shimcha motivatsiya: eng yaxshi savdo agentlari uchun kompaniyaning muntazam oylik va yillik tanlovlari hisobiga yakuniy daromadingiz 11 000 000 so‘mgacha o‘sishi mumkin!

Ish vaqti

  • Ish tartibi: 6/1, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 11 mln gacha
2mlnminimum
7mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 128173

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Surxondaryoda o'xshash ish o'rinlari