Savdo menejeri (go'sht ulgurji savdosi)
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ish tafsilotlari
BIZNING GO‘SHT — muzlatilgan go‘sht mahsulotlarini ulgurji yetkazib berishga ixtisoslashgan kompaniya. Biz restoranlar, kafelar, fast-fud shoxobchalari va go‘shtni qayta ishlash korxonalari bilan hamkorlik qilamiz.
Vazifalar
- Mavjud mijozlar bilan ishlash va ular bilan aloqani saqlash
- Yangi mijozlarni izlash va jalb qilish
- Mijozlarga mahsulotlar, narxlar va buyurtma shartlari haqida ma’lumot berish
- Buyurtmalarni qabul qilish va savdo jarayonini yakunigacha nazorat qilish
- Mijozlar bazasini CRM tizimida yuritish
- Belgilangan savdo rejasini bajarish
Talablar
- Ravon va savodli muloqot qila olish
- Muzokara olib borish va mijozlarning e’tirozlari bilan ishlash ko‘nikmasi
- Mas’uliyatlilik, faollik va natijaga intilish
- Kompyuterdan erkin foydalana olish
- Savdo sohasidagi tajriba ustunlik beradi
Imtiyozlar
- Barqaror ish o‘rni
- Belgilangan oylik maosh + savdo natijalariga qarab bonuslar
- Mahsulot va ish jarayonlari bo‘yicha o‘rgatish
- Ahil jamoa va kasbiy rivojlanish imkoniyati
Eslatma
Bizning jamoamizga qo‘shilishni istaysizmi? Rezyumeyingizni shaxsiy xabarga yuboring va biz bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ling!
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
