Savdo bo'limi boshlig'i
Bozordan yuqori maosh
15 000 000 – 20 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Ishlab chiqarish korxonamizga savdo jarayonlarini samarali boshqara oladigan, jamoa bilan ishlashni biladigan va natijaga yo'naltirilgan Savdo bo'limi boshlig'ini ishga taklif qilamiz. Ish joyi: Farg'ona shahri.
Vazifalar
- Respublikaning barcha viloyatlaridagi dilerlar bilan muntazam ishlash va aloqalarni rivojlantirish
- Savdo hajmini oshirish va yangi imkoniyatlarni aniqlash
- Oylik savdo rejasini bajarilishini ta'minlash
- Savdo bo'limi xodimlarini to'g'ri boshqarish va vazifalarni taqsimlash
- Jamoa faoliyatini nazorat qilish va natijadorligini oshirish
- Dilerlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish
Talablar
- Savdo sohasida boshqaruv tajribasiga ega bo'lish
- Qurilish materiallari savdosida tajribaga ega bo'lish — maqsadga muvofiq
- Dilerlar bilan ishlash va muzokara olib borish ko'nikmasi
- Jamoani boshqara olish va xodimlar ishini to'g'ri tashkil eta bilish
- Mas'uliyatli, faol va natijaga yo'naltirilgan bo'lish
- Xushmuomala va kollektiv bilan yaxshi chiqisha olish
- Belgilangan savdo rejasini bajarishga intilish
Imtiyozlar
- Ahil va professional jamoa
- Bepul tushlik
- Oylik maoshni o'z vaqtida to'lash
- Xodim mehnatini qadrlash
- Qulay va barqaror ish muhiti
- Kasbiy va moliyaviy o'sish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- 15 000 000 – 20 000 000 so'm
Ish vaqti
- 08:00 – 18:00
Agar siz savdo sohasida tajribaga ega bo'lsangiz, jamoani boshqara olsangiz va natija qilishga tayyor bo'lsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

