Savdo agenti (elektro tovarlar)

Savdo agenti (elektro tovarlar)

TOKCITY

$500 – 1 000

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

TOKCITY kompaniyasiga Savdo agenti (Tayyor yo'nalishga) taklif qilamiz! Jadal rivojlanib borayotgan TOKCITY brendi jamoasiga o'z ishining ustasi, tajribali va faol savdo agentlarini ishga taklif qilamiz. Agar siz savdoda o'z imkoniyatlaringizni to'liq ko'rsatib, yuqori daromad topishni istasangiz, bu taklif aynan siz uchun!

Talablar

  • Ish tajribasi: Savdo sohasida kamida 2 yillik amaliy tajriba.
  • Transport: Shaxsiy avtomobilning mavjudligi (shahar bo'ylab harakatlanish uchun).
  • Mahsulotni bilish: Elektro tovarlarni yaxshi tushunish va ularning xususiyatlarini mijozlarga to'liq tushuntira olish.
  • Muloqot malakasi: Mijozlar bilan o'zaro kelisha olish, e'tirozlar bilan ishlay olish va muzokara olib borish ko'nikmasi.
  • Moliyaviy mas'uliyat: Sotilgan tovarlar pulini o'z vaqtida va muammosiz undirib ola bilish qobiliyati.
  • Shaxsiy fazilatlar: Ishga o'ta mas'uliyatli, intizomli va natijaga ishlaydigan bo'lishi shart.

Imtiyozlar

  • Barqaror va yuqori oylik maosh: $500 dan $1000 gacha (va bundan ham yuqori bo'lishi to'liq o'z qo'lingizda, daromadga cheklov yo'q!).
  • Ahil va professional jamoa bilan ishlash imkoniyati.
  • Professional o'sish va karyera qilish yo'li.

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 12 mln gacha
2mlnminimum
6,3mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
ID 80245

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar