Savdo agenti (B toifa, shaxsiy avto)

Savdo agenti (B toifa, shaxsiy avto)

TIMSOLL AVTO MCHJ

6 000 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Yosh:22 – 40

Ish tafsilotlari

BUXORO VILOYATIDA ISH O‘RINLARI! Timsoll Avto MCHJ jamoasiga faol, mas’uliyatli va natijaga intiluvchi xodimlarni ishga taklif qilamiz! Hudud: Buxoro viloyati. Sinov muddati: 2 oy.

Vazifalar

  • Avtoservislar va avtomobil ehtiyot qismlari do‘konlariga muntazam tashrif buyurish.
  • Yangi mijozlarni topish va hamkorlikka jalb qilish.
  • Mavjud mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlash va takroriy buyurtmalar olish.
  • Buyurtmalarni rasmiylashtirish va yetkazib berilishini nazorat qilish.

Talablar

  • Buxoro viloyatini yaxshi bilish — majburiy.
  • B toifali haydovchilik guvohnomasi — majburiy.
  • Shaxsiy avtomobil — majburiy.
  • Savdo tajribasi — afzallik.
  • Faol, kirishimli va natijaga intiluvchan bo‘lish.
  • Yosh: 22–40.

Imtiyozlar

  • Maoshning o‘z vaqtida to‘lanishi.
  • Natijaga qarab qo‘shimcha SKU bonusi.
  • Rasmiy mehnat shartnomasi.
  • Barqaror kompaniyada ishlash imkoniyati.
  • Professional o‘sish va rivojlanish.

Maosh tafsiloti

  • Sinov davrida: 5 000 000 so‘m.
  • Sinov muddatidan so‘ng: 6 000 000 so‘m.
  • Bonus: har bir yangi SKU uchun 1 000 so‘m.

Timsoll Avto MCHJ jamoasiga qo‘shiling! Timsoll — birga o‘samiz, birga natijaga erishamiz!

Bozorbop maosh

Bu e'lon · ≈6 mln
2mlnminimum
6,5mlno'rtacha
12+mlnmaksimum
ID 116459

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Buxoroda o'xshash ish o'rinlari