Sales (sotuv va savdo)
Bozordan past maosh
UniPro
5 000 000 so'mdan
- Rus
- Ingliz
Ish tafsilotlari
UniPro jamoasiga bilimini ulashishga, o'rgatishga va birgalikda rivojlanishga tayyor mutaxassislarni taklif qilamiz! Bizga o'z sohasini biladigan, mas'uliyatli, tirishqoq, tashabbuskor va eng muhimi, o'qituvchilik qobiliyatiga ega xodimlar kerak. Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha vakansiyalar mavjud: Sales (sotuv va savdo).
Talablar
- O'z yo'nalishi bo'yicha yetarli bilim va amaliy tajribaga ega bo'lish
- O'qituvchilik qobiliyati va bilimini boshqalarga tushuntira olish
- Mas'uliyatli, tirishqoq va intizomli bo'lish
- O'quvchilar bilan ishlay olish va natijaga yo'naltirilgan bo'lish
- Jamoa bilan ishlash, yangi g'oyalar taklif qilish va rivojlanishga intilish
- Rus va ingliz tillarini bilish majburiy emas, ammo biladigan nomzodlarga ustunlik beriladi
Imtiyozlar
- 5 000 000+ so'mdan boshlanadigan daromad
- Daromadning yuqori chegarasi yo'q — natijangiz, mehnatingiz va mas'uliyatingizga bog'liq
- O'z yo'nalishi va o'quv jarayonini boshqara oladigan mutaxassislar uchun 10 000 000+ so'mgacha va undan yuqori daromad olish imkoniyati
- Qulay va zamonaviy ish sharoitlari
- Ahil va qo'llab-quvvatlovchi jamoa
- Muntazam kasbiy o'sish va lavozimda ko'tarilish imkoniyati
- O'z sohasini rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyati
Eslatma
Biz kimlarni izlayapmiz? Shunchaki ish izlayotgan emas, balki o'z sohasida o'sishni, boshqalarga bilim berishni, jamoani rivojlantirishni va yuqori daromadga erishishni istaydigan insonlarni izlayapmiz. Agar sizda bilim, mas'uliyat va o'qituvchilik qobiliyati bo'lsa — biz siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz! Shaxsiy xabarda o'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot, tajribangiz haqida ma'lumot yuboring.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

