Sales-menejer (onlayn kurslar)

Sales-menejer (onlayn kurslar)

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumaniZarafshon ctiy Business centre

Maosh: Kelishiladi

To‘lov:Oylik
Format:To‘liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo‘q
Yosh:18 – 35
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

Oylik savdoni 200 million so'mdan oshira oladigan, natijaga ishlaydigan sotuvchilarni jamoamizga taklif qilamiz! Agar siz oddiy "zakaz oluvchi operator" emas, balki haqiqiy savdo ustasi bo'lsangiz, mijozlar e'tirozlarini yengib, raqamlarni qoyillatib qo'ya olsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun. Bizga jarayon uchun emas, natija uchun kelib, yuqori daromad topishni istagan kuchli sales-menejerlar kerak. Yo'nalish: Onlayn kurslar sotuvi.

Talablar

  • Yosh chegarasi: 18-35
  • B2B yoki qimmatbaho savdolar yo'nalishida kamida 1–2 (6 oy) yillik real tajriba
  • CRM tizimida (masalan, amoCRM) tartibli va mas'uliyat bilan ishlay olish
  • Mijozlar bilan ishlashda yuqori darajadagi muzokara olib borish va e'tirozlarni yopish ko'nikmasi
  • Kunlik vazifalar va savdo KPI'larini ortig'i bilan bajarishga tayyorlik
  • Bahona emas, doimiy ravishda yechim topish va o'sishga intilish

Imtiyozlar

  • Barqaror va yuqori daromad: belgilangan stavka (oylik) + bajarilgan savdolardan yuqori foiz 5-15 mln gacha (bonuslar chegaralanmagan — qancha ko'p sotsangiz, shuncha ko'p olasiz)
  • Issiq lidlar oqimi: mijoz qidirib qiynalmaysiz, kompaniya tomonidan doimiy ravishda tayyor va maqsadli lidlar oqimi ta'minlanadi
  • Professional o'sish: kuchli jamoa, boshqaruv tizimi va o'z ustingizda rivojlanish uchun barcha sharoitlar

Maosh tafsiloti

  • Belgilangan stavka (oylik) + bajarilgan savdolardan yuqori foiz 5-15 mln gacha
  • Bonuslar chegaralanmagan — qancha ko'p sotsangiz, shuncha ko'p olasiz

Ish vaqti

  • 09:00–18:00, to'liq stavka
  • Ish formati: Offline (ofisga kelish shart)
  • Manzil: Toshkent, Yakkasaroy tumani, Zarafshon city Business centre

Eslatma

Agar yuqoridagi talablarga o'zingizda 100% ishonchingiz komil bo'lsa, shunchaki "ishga kirmoqchiman" deb yozmang — o'z ma'lumotlaringizni yozing.

Bu rol uchun odatdagi maosh

2,2mlnminimum
4,8mlno‘rtacha
11+mlnmaksimum
ID 130466

Ogoh bo‘ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o‘rnatish, pul o‘tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so‘ralsa, rozi bo‘lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to‘g‘riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o‘xshash ish o‘rinlari