Sales Administrator / Savdo bo‘limi administratori

Sales Administrator / Savdo bo‘limi administratori

Prime Hire

5 000 000 – 6 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:
  • 🇺🇿O‘zbek
  • 🇬🇧Ingliz
Afzal ko‘riladigan tillar:
  • 🇷🇺Rus

Ish tafsilotlari

Kompaniya haqida: Xalqaro kompaniyamiz savdo jarayonlarini samarali tashkil etish va mijozlar bilan ishlashni rivojlantirish uchun tajribali Sales Administrator izlamoqda.

Asosiy talablar:

  • Sales, Sales Administration yoki Customer Service sohasida kamida 1 yil ish tajribasi;

  • Mijozlar bilan professional muloqot qila olish;

  • Mijozlarning murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida qayta ishlash;

  • Savdo jarayonlarini nazorat qilish va hujjatlarni yuritish;

  • Mijozlar bazasi va mijozlar haqidagi ma’lumotlar bilan ishlash;

  • CRM tizimlarida ishlash tajribasi;

  • Buyurtmalar, shartnomalar va to‘lovlarni nazorat qilish;

  • Savdo bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;

  • Savdo bo‘limi bilan samarali hamkorlik qilish;

  • Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish;

  • Mas’uliyatlilik, tartiblilik, faollik va natijaga yo‘naltirilganlik.

Til talablari:

  • O‘zbek tili: erkin darajada, majburiy;

  • Ingliz tili: yaxshi darajada, majburiy;

  • Rus tili: qo‘shimcha ustunlik.

Kompaniya xalqaro yo‘nalishda faoliyat yuritgani sababli ingliz tilida erkin va ishonchli muloqot qila olish muhim.

Asosiy vazifalar:

  • Mijozlarning murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida javob berish;

  • Leadlarni nazorat qilish va muntazam follow-up olib borish;

  • Mijozlar bilan professional muzokaralar olib borish;

  • Savdo jarayonlarini tizimli ravishda yuritish;

  • CRM tizimi va mijozlar bazasi bilan ishlash;

  • Buyurtmalar va hujjatlarni nazorat qilish;

  • Kundalik va haftalik savdo hisobotlarini tayyorlash;

  • Sales Manager va kompaniya rahbariyati bilan hamkorlik qilish;

  • Mijozlarga kompaniya xizmatlari haqida to‘liq ma’lumot taqdim etish;

  • Savdolarni oshirishga qaratilgan yangi g‘oya va yechimlarni taklif qilish.

Asosiy maqsad: Savdo jarayonini samarali tashkil etish, mijozlar bilan ishlash sifatini oshirish va kompaniya savdosining o‘sishiga hissa qo‘shish.

Biz faqat ma’lumotlarni kiritish bilan shug‘ullanuvchi xodimni emas, balki savdo jarayonini yaxshi tushunadigan, tezkor, tartibli, mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassisni izlayapmiz.

Ish tajribasi: Majburiy.

Ariza topshirishda quyidagi ma’lumotlarni yuborish so‘raladi:

  • CV / Rezyume;

  • Oldingi ish tajribasi haqida qisqacha ma’lumot;

  • Sales yoki Customer Service sohasidagi tajriba;

  • Ishlagan CRM tizimlaringiz haqida ma’lumot;

  • Oldingi ish joyingizdagi asosiy vazifalar;

  • Erishgan natijalaringiz va yutuqlaringiz.

Muhim: Ish tajribasiga ega bo‘lmagan nomzodlardan ariza topshirmaslik so‘raladi.

Biz izlayotgan nomzod: Mas’uliyatli, tartibli, kommunikativ, tezkor va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassis.

Ariza topshirish: Telegram orqali manziliga CV va ish tajribangiz haqidagi ma’lumotlarni yuboring.

Bozorbop maosh

Bu e'lon · 6 mln gacha
2mlnminimum
7mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 76621

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari