Restoran menejeri (ayol)

Restoran menejeri (ayol)

ASMALD

4 000 000 – 5 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Ish vaqti:10:00-22:00
Jins:Ayollar
Yosh:25 – 35

Ish tafsilotlari

ASMALD PALACE HOTEL JAMOASIGA QO'SHILING! Siz o'zingizga ishongan, liderlik qobiliyatiga ega, tartib-intizomni sevuvchi va restoran faoliyatini professional darajada boshqara oladigan bo'lsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!

Vazifalar

  • Restoran ish faoliyatini to'liq nazorat qilish
  • Ofitsiantlar va oshxona jamoasi ishini muvofiqlashtirish
  • Mehmonlarning yuqori darajada mamnunligini ta'minlash
  • Kunlik hisobotlarni yuritish va rahbariyatga taqdim etish
  • Xizmat sifati va servis standartlariga rioya etilishini nazorat qilish
  • Jamoada tartib, intizom va ijobiy muhitni yaratish

Talablar

  • 25–35 yosh oralig'idagi ayol nomzod
  • Tashqi ko'rinishi ozoda, didli va har doim saranjom
  • Muomala madaniyati yuqori, xushmuomala va tabassum bilan xizmat ko'rsata oladigan
  • Jamoani boshqarish va xodimlarni motivatsiya qila olish qobiliyatiga ega
  • Mas'uliyatli, halol, talabchan va intizomli
  • Stressli vaziyatlarda ham to'g'ri qaror qabul qila oladigan
  • Restoran yoki mehmonxona sohasida rahbarlik tajribasiga ega bo'lishi afzal
  • Kompyuter va hisobotlar bilan ishlashni bilishi ustunlik hisoblanadi
  • Oilaviy hayoti barqaror, ishiga mas'uliyat bilan yondashadigan nomzodlar afzal
  • O'quvchilar va kunduzgi talabalardan murojaatlar qabul qilinmaydi.

Imtiyozlar

  • Barqaror va nufuzli ish o'rni
  • O'z vaqtida to'lanadigan maosh
  • Ahil va professional jamoa
  • Rahbariyat tomonidan doimiy qo'llab-quvvatlash
  • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati
  • Zamonaviy, qulay va shinam ish muhiti

Maosh tafsiloti

  • 4 000 000 – 5 000 000 so'm (Tajriba, malaka va suhbat natijasiga qarab belgilanadi.)

Ish vaqti

  • 10:00 – 22:00

Biz oddiy xodim emas, jamoamizning muhim a'zosini qidirmoqdamiz! Agar siz tartibni sevsangiz, odamlarga xizmat qilishdan zavqlansangiz va restoran muvaffaqiyatiga o'z hissangizni qo'shishni istasangiz — hoziroq biz bilan bog'laning! Bo'sh o'rin uzoq vaqt ochiq qolmaydi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 5 mln gacha
2mlnminimum
4,3mlno'rtacha
11+mlnmaksimum
ID 59523

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Farg'onada o'xshash ish o'rinlari