Reels uchun kreativ ssenarist
Bu rol uchun odatdagi maosh
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
REELS uchun kreativ ssenarist kerak.
Biz ko'chmas mulk sohasida faoliyat yuritamiz va Instagram Reels hamda YouTube Shorts uchun oddiy emas, balki qiziqarli, kreativ va virusli bo'lishi mumkin bo'lgan videolar yaratadigan ssenarist izlayapmiz. Sizda kreativ ideyalar bormi? Odamlarni birinchi soniyalardan qiziqtira oladigan, ko'pchilik ko'radigan va do'stlariga yuboradigan videolar uchun ssenariy yoza olasizmi? Unda aynan sizni qidiryapmiz!
Talablar
- Nostandart fikrlaydigan va tasavvuri keng inson
- Odamlar e'tiborini qanday jalb qilishni tushunadigan mutaxassis
- Yangi g'oyalar va tajribalardan qo'rqmaydigan ijodkor
- Instagram va TikTok trendlarini doim kuzatib boradigan inson
- Faqat ko'rishlar sonini emas, balki biznes natijalarini ham o'ylaydigan mutaxassis
- Ko'chmas mulk sohasida tajriba bo'lishi shart emas. Biz uchun eng muhimi — kreativ fikrlash, ssenariy yozish mahorati va portfolio!
Imtiyozlar
- Reels uchun original va kreativ g'oyalar ustida ishlash
- Videoning birinchi 1–3 soniyasida tomoshabin e'tiborini jalb qiladigan ssenariylar yozish
- Hazilomuz, hayotiy, ekspertlik va kutilmagan voqealarga boy ssenariylar tayyorlash
- Kvartira va hovlilarning oddiy obzorini emas, balki qiziqarli syujetlar yaratish
- Dialoglar, kutilmagan burilishlar va esda qoladigan yakunlarni o'ylab topish
- Instagram va TikTok trendlarini ko'chmas mulk sohasiga moslashtirish
- Shaxsiy brendni rivojlantirish hamda yangi mijozlarni jalb qilishga yordam beradigan g'oyalar ishlab chiqish
- Chiqarilgan videolar natijasini tahlil qilib, yangi ssenariylarni yaxshilash
Maosh tafsiloti
- Suhbat davomida kelishiladi
Ish vaqti
- Ish formati, vazifalar hajmi va oylik maosh suhbat davomida kelishiladi. Uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati mavjud.
- Online ishlash mumkin
- Manzil: Toshkent, metro Novza
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
