Quyosh energetikasi sotuv menejeri

Quyosh energetikasi sotuv menejeri

MCHJ “DOVUD ENERGY”

3 000 000 – 7 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:O‘zbek, Rus

Ish tafsilotlari

Dovud Energy — quyosh energetikasi sohasida xizmat ko'rsatuvchi kompaniya. Biz xonadonlar, issiqxonalar va ishlab chiqarish korxonalari uchun quyosh stansiyalarini loyihalash, o'rnatish va servis xizmatini bajaramiz. Namangan filialimiz kengaymoqda. Jamoamizga sotuv menejerlarini taklif qilamiz.

Vazifalar

  • Mijozlar bilan ishlash: kiruvchi so'rovlarni qayta ishlash va faol mijoz izlash
  • Mijoz ehtiyojini aniqlash, obyekt bo'yicha dastlabki maslahat berish
  • Texnik bo'lim bilan birgalikda tijorat taklifini tayyorlash va taqdim etish
  • Muzokaralar olib borish va bitimni yakunlash
  • Shartnoma rasmiylashtirish, montaj bo'limiga topshirish
  • Mijoz bilan o'rnatishdan keyingi aloqani saqlash, tavsiyalar orqali yangi mijozlar jalb qilish
  • CRM tizimida ishlash va hisobot yuritish

Talablar

  • Sotuv sohasida 2 yildan 5 yilgacha amaliy tajriba
  • Muzokara olib borish va e'tirozlar bilan ishlash ko'nikmasi
  • O'zbek va rus tillarini bilish
  • Kompyuter savodxonligi (Excel, CRM)
  • Mas'uliyat, mustaqil ishlay olish va natijaga yo'naltirilganlik
  • Obyektlarga chiqishga tayyorlik

Afzallik beriladi

  • Quyosh energetikasi yoki muhandislik jihozlari sohasidagi tajriba
  • B2B sotuv tajribasi (korxona va tadbirkorlar bilan ishlash)

Biz taklif qilamiz

  • Oylik maosh 3 mlndan 7 mlngacha tajribaga qarab kelishamiz
  • Rasmiy ish joyi
  • Ish vaqti: 6/1 [09:00–18:00], dam olish: [yakshanba]
  • Mahsulot va sotuv texnikasi bo'yicha bepul o'quv
  • Tayyor mijoz oqimi va reklama qo'llab-quvvatlashi
  • Tez o'sib borayotgan sohada karyera imkoniyati

Eslatma

Rezyumeningizni shu raqamga Telegram orqali yuboring yoki qo'ng'iroq qiling.

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 7 mln gacha
2mlnminimum
5mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
ID 69815

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Namanganda o'xshash ish o'rinlari