Psixolog (maktab)

Psixolog (maktab)

Rahimov School Farg’ona filiali

Farg'ona viloyati, Farg'ona shahri

7 000 000 – 9 500 000 so'm

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 9,5 mln gacha
1,5mlnminimum
4,5mlno'rtacha
17+mlnmaksimum
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Ish vaqti:08:30-17:30,09:00-15:00
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:O‘zbek
Afzal ko‘riladigan tillar:Rus, Ingliz

Ish tafsilotlari

Rahimov School Farg’ona filiali uchun Psixolog vakansiyasi ochildi.

Vazifalar

  • Psixodiagnostika: O‘quvchilarning psixologik holatini aniqlash bo‘yicha tizimli tashxis ishlarini olib borish
  • Individual yordam: Muammoli vaziyatga tushib qolgan o‘quvchilar bilan individual konsultativ ishlarni tashkil etish
  • Adaptatsiya: Yangi o‘quvchilarni qabul qilishda ishtirok etish va ularning maktab muhitiga moslashuv jarayonini psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash
  • Metodik faoliyat: Majlislar va pedagogik kengashlarda ishtirok etish, o‘qituvchi hamda ota-onalar uchun trening va ma’ruzalar tashkil qilish

Talablar

  • Ma’lumot: Psixologiya sohasida oliy ma’lumot
  • Tajriba: Kamida 3 yillik ish tajribasi (ta’lim muassasalarida ishlaganlik afzallik beradi)
  • Nutq madaniyati: O‘zbek tilini mukammal va erkin muloqot darajasida bilish (rus yoki ingliz tillarini bilish afzallik beradi)
  • Kommunikatsiya: Bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan samarali muloqot o‘rnata olish, murakkab vaziyatlarda xushmuomalalikni saqlash
  • Empatiya va xolislik: O‘quvchilarning ichki dunyosini tushunish, ularga individual yondashish va professional etikani saqlash
  • Shaxsiy xislatlar: Mas'uliyat, tartiblilik va bolalar bilan ishlashda yuqori sabr-toqat
  • Yutuqlar: Shaxsiy kasbiy sertifikatlar, psixologik metodikalarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi

Imtiyozlar

  • Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til
  • Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik)
  • Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi
  • O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari
  • Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati
  • Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 2 100 000 so'mgacha chegirma
  • Maktab hududida maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar
  • Muntazam maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan trening va kurslar

Maosh tafsiloti

  • 7 000 000 - 9 500 000

Ish vaqti

  • 5/2, 08:30 - 17:30
  • Shanba qisqa ish kuni (09:00-15:00)
ID 43085

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar