Pedagog
Ish tafsilotlari
Maktabga tayyorlov guruhi uchun tajribali va ijodkor pedagog izlaymiz! Pedagogika sohasida tajribaga ega, bolalar bilan ishlashni chin dildan sevuvchi, oʻz ustida ishlaydigan va yangiliklarga ochiq ustozni jamoamizga taklif qilamiz.
Talablar
- Pedagogika sohasida ish tajribasiga ega
- Bolalarga mehribon va sabrli
- Ijodkor, tashabbuskor va zamonaviy yondashuvlarga ochiq
- Darslarni qiziqarli, erkin va bolalarni faol jalb qilgan holda tashkil eta oladigan
- Har bir bolaning individual qobiliyati va qiziqishlarini inobatga oladigan
- Bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik va oʻrganishga boʻlgan qiziqishni rivojlantira oladigan
- Jamoada ishlashni biladigan va kasbiga mas'uliyat bilan yondashadigan
Maosh tafsiloti
- Suhbat asosida
Agar siz ham bolalar ta'limiga mehr bilan yondashadigan, zamonaviy va ijodkor pedagog boʻlsangiz - sizni jamoamizda kutamiz!
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
