OTK — sifat nazoratchisi
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ish tafsilotlari
Grand Charm Poyabzallari jamoasiga qo‘shiling! Namangan shahridagi poyabzal ishlab chiqaruvchi Grand Charm Poyabzallari fabrikasi jamoasini kengaytirmoqda. Agar siz barqaror ish, tartibli mehnat muhiti va yaxshi jamoada ishlashni istasangiz, sizni jamoamizda kutamiz!
Vazifalar
- Mahsulot sifatiga yuqori e’tibor
- Brak va kamchiliklarni aniqlay olish
- Sinchkov va talabchan bo‘lish
- Poyabzal ishlab chiqarish sohasida tajriba bo‘lsa ustunlik beriladi
Talablar
- Erkaklar, shahardan bo'lishi shart
- Mas’uliyatli, halol va intizomli bo‘lish
- Jamoada ishlay olish
- Berilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish
- Ishga o‘z vaqtida kelish
- Korxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilish
- Uzoq muddat ishlash istagiga ega bo‘lish
Imtiyozlar
- Maosh — suhbat asosida kelishiladi
- Rasmiy ishga qabul — Mehnat shartnomasi asosida
- Bepul ovqatlanish
- Qulay va tartibli ish sharoiti
- Ahil va tajribali jamoa
- Ish faoliyatida rivojlanish imkoniyati
- Ish haqi o‘z vaqtida to‘lanadi
Ish vaqti
- 08:00 – 19:00, 6/1 (Juma — dam olish kuni)
- Murojaat vaqti: 09:00 – 18:00
Eslatma
Manzil: Namangan shahri, Oydin Plaza mehmonxonasi yonida. Mo‘ljal: Dilbaroy klinikasi.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
