Oshpaz

Oshpaz

ДИЛБАРОЙ КЛИНИКАСИ

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Dilbaroy klinikasi hududidagi tayyor oshxonani yuritish uchun tajribali oshpaz (yoki oshpazlar jamoasi) hamkorlikka taklif etiladi. Biz sizga barcha sharoitga ega tayyor oshxonani ijaraga beramiz. Qolgan barcha jarayonlar — mahsulot xarid qilish, mazali ovqat pishirish, tarqatish va mijozlardan pulini yig'ish to'liq sizning zimmangizda bo'ladi.

Vazifalar

  • Xodimlar va mijozlar (bemorlar) uchun 3 mahal (nonushta, tushlik, kechki ovqat) mazali va sifatli taomlar tayyorlash
  • Ovqatlarni o'z vaqtida tarqatish va hisob-kitobni mustaqil yuritish
  • Oshxona ozodaligi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish

Talablar

  • Milliy va parhez taomlarni mazali tayyorlay olish (ish tajribasi shart)
  • Halollik, ozodalik va mas'uliyat
  • Tibbiy daftarcha (medknijka) mavjudligi

Imtiyozlar

  • Barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan tayyor oshxona
  • Tayyor doimiy mijozlar bazasi (muassasa xodimlari va keluvchilar)
  • Gaz, suv va elektr energiyasi uzluksiz
  • Qulay ijara narxi (kelishilgan holda)

Eslatma

Manzil: Namangan shahar, Temir yo'l vokzali oldida.

Ushbu e'lonni tajribali oshpaz tanishlaringizga ham yuboring!

Bu rol uchun odatdagi maosh

1,2mlnminimum
3,8mlno'rtacha
12mlnmaksimum
ID 128300

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Namanganda o'xshash ish o'rinlari