Operatsion direktor
Ish tafsilotlari
OSON POCHTA kompaniyasiga Operatsion direktor lavozimiga tajribali rahbarlarni ishga taklif qiladi:
Vazifalar
- Kompaniyaning kundalik pochta va kuryerlik jarayonlarini boshqarish.
- Toshkent va viloyatlardagi operatsion ishlarni nazorat qilish.
- Kuryerlar, ombor va buyurtmalar taqsimotini boshqarish.
- Yetkazib berish foizi va tezligini oshirish.
- Kechikkan va qolib ketgan buyurtmalarni kamaytirish.
- Filiallar va operatsion xodimlar ishini nazorat qilish.
- Jarayonlardagi muammolarni aniqlash va tizimli yechim joriy qilish.
- Natijalar bo‘yicha rahbariyatga hisobot berish.
Talablar
- Operatsion boshqaruv bo‘yicha tajriba.
- Jamoani boshqara olish.
- Jarayonlarni tartibga sola olish.
- Muammoli vaziyatlarda tez qaror qabul qilish.
- Raqamlar va hisobotlar bilan ishlay olish.
- Talabchan, mas’uliyatli va tartibli bo‘lish.
- Pochta, kuryerlik, logistika yoki yetkazib berish sohasida ishlagan nomzodlarga alohida ustunlik beriladi.
Imtiyozlar
- Tushlik: kompaniya hisobidan
Maosh tafsiloti
- 8 000 000 – 12 000 000 so‘m
Eslatma
Bizga faqat lavozim egallaydigan emas, o‘z yo‘nalishida real natija bera oladigan rahbarlar kerak.
Vakansiyaga qiziqqan nomzodlar dastlab anketa to‘ldiradi. Anketa natijalariga ko‘ra mos nomzodlar suhbatga taklif qilinadi.
PASTAGI ANKETANI TO'LDIRING https://forms.gle/euYK1nzfau6XN4Jz8
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

