Ombor xodimi (Skladchi)
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:08:00-19:00
Qulayliklar:
Ovqat
Jins:Erkaklar
Yosh:18 – 40
Ish tafsilotlari
Grand Charm Poyabzallari — Namangan shahridagi yetakchi oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi korxona jamoasini kengaytirmoqda. Agar siz barqaror ish, qulay mehnat sharoiti va rivojlanish imkoniyatlarini izlayotgan bo‘lsangiz, sizni jamoamizda kutamiz!
Talablar
- Yosh: 18–40 yosh
- Mas'uliyatli, halol va intizomli bo‘lish
- Jamoada ishlay olish
- Berilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish
- Ishga o‘z vaqtida kelish va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish
- Yangi bilim va ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish
- Ish tajribasi bo‘lsa ustunlik beriladi, tajribasiz nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi
- Uzoq muddat ishlash istagiga ega bo‘lish
Vazifalar
- Mahsulotlarni kirim-chiqim qilish va hisobini yurita olish
- Ombordagi mahsulotlarni tartibli joylashtirish
- Mahsulot soni, modeli va razmerlarini diqqat bilan nazorat qilish
- Hisob-kitobda aniqlik va mas'uliyatli bo‘lish
- Excel yoki Google Sheets bilan ishlashni bilishi afzallik hisoblanadi
Ish vaqti
- Erkaklar: 08:00 – 19:00
- 6/1 (Juma — dam olish kuni)
Imtiyozlar
- Maosh — suhbat asosida kelishiladi
- Rasmiy ishga qabul — Mehnat shartnomasi asosida
- Bepul ovqatlanish
- Zamonaviy va qulay ish sharoiti
- Martaba o‘sishi uchun real imkoniyatlar
Eslatma
- Murojaat vaqti: 09:00–18:00
- Bo‘sh ish o‘rinlari soni cheklangan! Bugunoq murojaat qiling va Grand Charm Poyabzallari jamoasining bir qismiga aylaning!
Bu rol uchun odatdagi maosh
2mlnminimum
4,3mlno'rtacha
8+mlnmaksimum
ID 83856
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
