O‘quv bo‘limi rahbari
Toshkent shahri, Yunusobod tumaniShahriston
5 000 000 – 10 000 000 so'm
Bozordan yuqori maosh
Bu e'lon · 10 mln gacha
2,5mlnminimum
7,5mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:9:00 - 18:00
Jins:Ayollar
Yosh:25 – 40
Talab qilinadigan tillar:Rus
Afzal ko‘riladigan tillar:Ingliz
Hali qaynoq
Ish tafsilotlari
Talablar:
- 25-40 yoshlar atrofidagi yetakchilik qobiliyatiga ega ayol kishi;
- Oliy pedagogik yoki filologik ma’lumot;
- Ta’lim muassasasida (maktab yoki o‘quv markazlarida) rahbarlik yoki o‘quv ishlari bo‘yicha kamida 2 yillik muvaffaqiyatli tajriba;
- Onlayn ta’lim metodikalari, zamonaviy interaktiv o‘qitish uslublari va platformalar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Kompyuter savodxonligi, Google Sheets/Docs/Forms va ta’lim dasturlarida, telegram, Zoom, Google meet'da erkin ishlay olish;
- O‘zbek tilini mukammal bilish (rus tilini bilish katta ustunlik beradi);
- Tashkilotchilik, mas’uliyat va kuchli kommunikatsiya qobiliyati
Vazifalar:
- O‘quv jarayonini onlayn formatda tashkil etish: Onlayn darslar sifatini, metodologiyasini va tizimning uzluksiz ishlashini nazorat qilish
- O‘qituvchilar va kuratorlar bilan ishlash: Onlaynda ishlaydigan Pedagoglar tarkibini boshqarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, metodik qo‘llab-quvvatlash va KPI tizimi asosida baholash
- Ta’lim sifati monitoringi: O‘quvchilarning darslardagi qatnashishi (davomat), o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va o'quvchilarning o'qishni tashlab ketish foizini kamaytirish
- Platformalar bilan ishlash: Onlayn ta’lim tizimlari (LMS, platformalar) hamda guruhlar bazasi bilan ishlash, jarayonlarni avtomatlashtirish
- Qadriyatlar va tartib-qoidalar: O'quv markaz qadriyatlari asosida o‘quv ishlarni yo‘lga qo‘yish
- Hisobotlar va hujjatlar: O‘quv rejalari, dars jadvallari va ichki hujjatlarni yuritish, hisobotlarni tayyorlab rahbariyatga taqdim etish
- Muloqot va qayta aloqa: O‘quvchilar va ota-onalar bilan samarali aloqa tizimini nazorat qilish, muammoli vaziyatlarni hal etish
- Bo'limdagi barcha xodimlar boshqaruvi
Sharoitlar:
- Ahil jamoa
- Shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun kompaniya hisobidan bepul kurslar va treninglar
Ma'lumotlaringizni ko'rsatilgan raqamga telegramdan yuboring
ID 46653
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
