Mobilograf + Montajor / Performance Creative Creator
4 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Biz O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan va har oy minglab kitoblarni yetkazib beradigan jamoamiz. Maqsadimiz – eng kuchli reklama kreativlarini yaratish va yanada tezroq o‘sish.
Vazifalar
- Instagram va Meta reklamalari uchun sotuvga yo‘naltirilgan kreativ videolar tayyorlay olish
- Eng kuchli reklama kreativlarini yaratish
Talablar
- Telefon yoki kamera orqali sifatli video ola bilish
- CapCut yoki shunga o‘xshash professional mobil montaj dasturlarida ishlay olish
- Instagram Reels va TikTok formatlarini yaxshi tushunish
- Kreativ fikrlay olish va yangi kontent g‘oyalarini bera olish
- Jamoa bilan ishlay olish
- Belgilangan muddatda ishni topshira olish, mas’uliyatli bo‘lish
Imtiyozlar
- Abed ishxona nomidan
- O‘z vaqtida maosh
- Natijaga qarab bonus tizimi
- Zamonaviy va o‘sayotgan jamoada ishlash
- Shaxsiy rivojlanish va yangi ko‘nikmalarni o‘rganish
- Kreativ g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun erkin muhit
- Uzoq muddatli hamkorlik va martaba o‘sishi
Maosh tafsiloti
- 4.000.000 so’mdan boshlanadi + KPI bonuslari
- Natija va ish sifatiga qarab oylik muntazam oshirib boriladi
Ish vaqti
- 10:00 dan 20:00 gacha
- Ish kuni: har kuni
- Ish offline ofisda boladi
Eslatma
Portfolio yubormagan nomzodlarning murojaati ko'rib chiqilmaydi. Faqat portfolio yoki o‘zingiz montaj qilgan ishlardan namunalar bilan murojaat qiling. Bizga shunchaki video oladigan emas, Instagram reklamalari va Reels orqali millionlab ko‘rilish hamda sotuv olib keladigan kreativ mobilograf kerak.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
