Metodist (Arab tili, Ingliz tili, Boshlang'ich ta'lim)
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
Mudarris Maktabi jamoasiga Metodistlar kerak! Biz tajribali, o'z ishining haqiqiy ustasi bo'lgan mutaxassislarni o'z jamoamizga taklif etamiz.
Vakansiya: Metodist. Yo'nalishlar: Arab tili, Ingliz tili va Boshlang'ich ta'lim.
Talablar
- Tanlangan yo'nalish (Arab tili, Ingliz tili va Boshlang'ich ta'lim) bo'yicha kamida 5 yillik pedagogik va amaliy tajriba
- Mutaxassislik bo'yicha malaka va sertifikatlar: IELTS, CELTA/TESOL/TKT, TAFL yoki xalqaro/mahalliy olimpiada natijalari
- O'qituvchilar uchun yillik reja va o'quv dasturlarini tuza olish, ularning faoliyatini nazorat qilish va metodik yordam ko'rsatish
- O'quvchilarning bilim darajasini (A va B nuqtalarini) aniqlash, o'sish dinamikasini kuzatish va oylik monitoring testlarini ishlab chiqish
- Darslarni tahlil qilish va o'qituvchilarga konstruktiv feedback bera olish
- Zamonaviy ta'lim texnologiyalari, audio-video platformalar yoki o'yinlashtirilgan o'qitish usullarini amalda qo'llay olish
Vazifalar
- Akademik bo'lim faoliyatini muvofiqlashtirish va o'quv jarayoni sifatini ta'minlash
- O'qituvchilar darslarini muntazam tahlil qilish va ularning kasbiy mahoratini oshirishga ko'maklashish
- Fanlar kesimida zamonaviy o'quv dasturlari, yillik rejalar va baholash mezonlarini joriy etish
- Monitoring testlarini tuzish, natijalarni tahlil qilish va o'quvchilar o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha choralar ko'rish
- Ta'lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan yangi tashabbus va uslubiy tavsiyalarni taklif etish
Imtiyozlar
- Barqaror oylik maosh
- Professional va qadriyatli jamoada ishlash
- Kasbiy rivojlanish va tajriba almashish imkoniyati
- Zamonaviy ta'lim muhitida faoliyat yuritish
Maosh tafsiloti
- 8 000 000 – 14 000 000 so'm
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00 (6/1)
Eslatma
Qiziqdingizmi? Rezyumengizni yuboring. Sizni Mudarris jamoasida ko'rishdan mamnun bo'lamiz!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

