Metodist

Metodist

Mudarris akademiya

8 000 000 – 14 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Qulayliklar:
Ovqat
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Mudarris Akademiyaga metodist kerak (arab tili / ingliz tili / boshlang‘ich ta’lim).

Talablar

  • Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha kamida 5 yillik pedagogik va amaliy tajriba
  • IELTS, CELTA/TESOL/TKT, TAFL sertifikatlari yoki xalqaro/mahalliy olimpiada natijalari
  • Yillik o‘quv rejalari va dasturlarini tuza olish
  • O‘qituvchilar faoliyatini nazorat qilish va metodik yordam ko‘rsatish
  • O‘quvchilarning bilim darajasi va rivojlanishini kuzatish
  • Oylik monitoring testlarini ishlab chiqish
  • Darslarni tahlil qilish va o‘qituvchilarga fikr-mulohaza berish
  • Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, audio-video platformalar va gamifikatsiya usullarini qo‘llay olish

Vazifalar

  • Akademik bo‘lim faoliyatini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini ta’minlash
  • O‘qituvchilar darslarini muntazam tahlil qilish
  • Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashish
  • Zamonaviy o‘quv dasturlari, yillik rejalar va baholash mezonlarini joriy etish
  • Monitoring testlarini tuzish va natijalarni tahlil qilish
  • O‘quvchilar o‘zlashtirishini yaxshilash choralarini ishlab chiqish
  • Ta’lim sifatini oshirish uchun yangi tashabbus va metodik tavsiyalar taklif etish

Imtiyozlar

  • Natijalarga qarab daromadni oshirish imkoniyati
  • Karyera o‘sishi va kasbiy rivojlanish
  • Oila a’zolari uchun Mudarris loyihalarida chegirmalar
  • Yil yakunida nominatsiyalar va rag‘batlantirishlar
  • Bepul tushlik
  • Maosh o‘z vaqtida to‘lanadi
  • Ahil va do‘stona jamoa

Maosh tafsiloti

  • 8 000 000–14 000 000 so‘m

Ish vaqti

  • Ish turi: Oflayn

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 14 mln gacha
2mlnminimum
7,5mlno'rtacha
16+mlnmaksimum
ID 111200

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari