Merchendayzer
Bozorbop maosh
Ish tafsilotlari
BALTON TRADING ASIA — KARYERANGIZNI BIZDAN BOSHLANG! O'zbekistonning 1 raqamli distribyutsiya kompaniyasi, 30 yildan ortiq tajriba va KORZINKA do'konlari bilan ishlash imkoniyati! Toshkent shahri uchun MERCHENDAYZER lavozimiga yigit-qizlarni jamoamizga taklif qilamiz!
Nega aynan biz? Siz mahsulotlarni shunchaki taxlamaysiz, savdoning yuragida bo'lasiz! Mamlakatning eng yirik savdo tarmog'ida, 30 yillik tajribaga ega kompaniya bilan birga o'sasiz va katta biznes qanday ishlashini ichkaridan o'rganasiz. Bu sizning kelajak karyerangiz uchun mustahkam poydevor!
Talablar
- 18 dan 35 yoshgacha bo'lgan yigit va qizlar
- Toshkent shahrida yashovchilar
- Odamlar bilan tez til topishadigan, ochiq va samimiy
- Mehnatsevar, intiluvchan, o'sishga tayyor
Imtiyozlar
- Rasmiy ishga qabul: mehnat shartnomasi asosida
- 0 dan o'rgatamiz! Tajriba shart emas
- Barqaror ish haqi, har doim o'z vaqtida
- Karyera zinapoyasida yuqoriga ko'tarilish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 3 500 000 – 5 000 000 so'm
Ish vaqti
- Dushanba – Juma: 9:00 – 17:00
- Shanba: 9:00 – 15:00
- Yakshanba: dam olish kuni!
Eslatma
Tanlov suhbat asosida o'tadi. Qo'ng'iroq qiling va jamoamizga qo'shiling!
Bozorbop maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
