Mebel yigʻuvchi
Bu rol uchun odatdagi maosh
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
MEBEL SAN’ATINI MUTLAQO BEPUL OʻRGANING VA BIZ BILAN BIRGA OʻSING!
Kelajakda eng koʻp daromad keltiradigan Mebel yigʻish va dizayn qilish sir-asrorlarini mukammal oʻrganishni xohlaysizmi? Shunchaki vaqtinchalik ish emas, balki haqiqiy Hunar egasi boʻlishni-chi? Bizning jamoamiz uzoq muddatli hamkorlik asosida ishchi va shogirdlarni taklif etadi!
Imtiyozlar
- Bepul taʼlim: Zamonaviy mebel yigʻish texnologiyalari va 3D dizayn loyihalarini noldan boshlab professional darajada oʻrgatamiz.
- Doimiy daromad: Ish jarayonida oʻz mahoratingizga qarab yaxshi maosh olib borasiz.
- Karyera va oʻsish: Kelajakda shunchaki ishchi emas, balki bizning yetakchi ustamiz yoki dizayner hamkorimizga aylanishingiz mumkin.
- Ahil jamoa: Qoʻllab-quvvatlaydigan va tajribali ustozlar muhiti.
Talablar
- Mebel va dizayn sohasiga chin dildan qiziqishi va ishtiyoqi borlar.
- Masʼuliyatli, halol va uzoq vaqt birga ishlashni maqsad qilgan yoshlar.
- Doimiy oʻrganish va oʻz ustida ishlashdan charchamaydiganlar.
Eslatma
Oldingi tajriba muhim emas, eng asosiysi — sizdagi kuchli xohish va harakat!
Manzil: Andijon shahar. And viloyati boʻylab buyurtma olinadi.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
