Matematika o‘qituvchisi

Bu vakansiya arxivga o'tkazilgan

Yopilgan sana: 22 Iyul 2026. Arizalar endi qabul qilinmaydi.

O'xshash vakansiyalarni ko'rish

Matematika o‘qituvchisi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Jins:Erkaklar
Yosh:24 – 38
Talab qilinadigan tillar:
  • O‘zbek· Ona tili
Afzal ko‘riladigan tillar:
  • Ingliz· O'rta+

Ish tafsilotlari

Sizdan kutiladi:

Ma'lumot: Ta'lim sohasida oliy ma'lumotga ega bo'lish.
Tajriba: Kamida 3 yillik samarali ish tajribasi.
Sertifikat: Matematika fanidan A+ yoki A darajasi. Pedagogik mahorat sertifikati oliy yoki birinchi toifa.
Muhit: Jamoada sog‘lom va ijobiy muhit yarata olish.

Asosiy vazifalar:

Natijaga yo‘naltirilgan o‘qitish: Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida dars o‘tish va har bir chorak yakunida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilangan maqsadli darajaga olib chiqish.
Imtihonlarga maqsadli tayyorlov: O‘quvchilarni milliy sertifikat (A/A+ darajasi), DTM testlari hamda xalqaro akademik imtihonlarga (SAT, GRE kabi) tizimli tayyorlash.
Individual rivojlanish traektoriyasi: O‘quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, iqtidorli o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash va o‘zlashtirishi past bo‘lganlar bilan alohida ishlash.
Akademik monitoring va tahlil: Har bir o‘quvchining o‘sish dinamikasini ichki monitoring tizimida yuritish, natijalar asosida o‘quv metodikasiga tuzatishlar kiritish.
Zamonaviy metodika va texnologiyalar: Dars jarayonida interaktiv metodlarni va raqamli ta'lim platformalarini qo‘llash orqali fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish.

Siz uchun yaratilgan sharoitlar:

Rasmiy faoliyat: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til.
Barqarorlik: Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik).
O'sish: Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi.
Ijtimoiy himoya: O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari.
Work-life balance: Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati.
Aniq bonuslar: Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 2 100 000 so'mgacha chegirma.
Mazali tushlik: Maktab hududida maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar.
Rivojlanish: Muntazam maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan trening va kurslar.

ID 31182

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash ochiq vakansiyalar

Matematika fani o‘qituvchisi

Anonim ish beruvchi
Noma'lum
700 000 – 14 000 000 so'm
10 Oktabr 2026

Matematika o‘qituvchisi

BY o‘quv markazi
Navoiy viloyati, Navbahor tumani
Kelishiladi
17 Oktabr 2026

Matematika o‘qituvchisi

Anonim ish beruvchi
Surxondaryo viloyati, Boysun shahri
Kelishiladi
10 Oktabr 2026

Matematika o‘qituvchisi

Anonim ish beruvchi
Surxondaryo viloyati, Boysun shahri
Kelishiladi
10 Oktabr 2026

Matematika fani o‘qituvchisi

Iqtidor xalqaro maktabi
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri
6 000 000 – 10 000 000 so'm
Kecha 11:30

Matematika o‘qituvchisi

LOGOZIYO O‘QUV MARKAZI
Noma'lum
Kelishiladi
14 Oktabr 2026