Matematika o'qituvchisi
Mahmudxo‘ja Behbudiy xususiy maktabi
12 000 000 so'm
Atiga 7 kishi murojaat qildi, Siz ham shoshiling!
Ish tafsilotlari
Ish tafsilotlari
Sizdan kutiladi:
Ma'lumot: Ta'lim sohasida oliy ma'lumotga ega bo‘lish.
Tajriba: Kamida 2 yillik samarali ish tajribasi.
Sertifikat: Matematika fanidan A+ yoki A darajasi. Pedagogik mahorat sertifikati oliy yoki birinchi toifa.
Muhit: Jamoada sog‘lom va ijobiy muhit yarata olish.
Asosiy vazifalar:
Natijaga yo‘naltirilgan o‘qitish: Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida dars o‘tish va har bir chorak yakunida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilangan maqsadli darajaga olib chiqish.
Imtihonlarga maqsadli tayyorlov: O‘quvchilarni milliy sertifikat (A/A+ darajasi), DTM testlari hamda xalqaro akademik imtihonlarga (SAT, kabi) tizimli tayyorlash.
Individual rivojlanish traektoriyasi: O‘quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, iqtidorli o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash va o‘zlashtirishi past bo‘lganlar bilan alohida ishlash.
Akademik monitoring va tahlil: Har bir o‘quvchining o‘sish dinamikasini ichki monitoring tizimida yuritish, natijalar asosida o‘quv metodikasiga tuzatishlar kiritish.
Zamonaviy metodika va texnologiyalar: Dars jarayonida interaktiv metodlarni va raqamli ta'lim platformalarini qo‘llash orqali fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish.
Siz uchun yaratilgan sharoitlar:
Rasmiy faoliyat: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til.
Barqarorlik: Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik).
O‘sish: Har o‘quv yili oshirib boriladigan ish haqi. Bundan tashqari Oliy toifali matematika fani ustozi 20 soat dars uchun 5 200 000 so'm agar A+ sertifikati bo'lsa 60% ustama bilan 8 320 000 so'm SAT imtixonidan 1 300 balldan yuqori olsa yana 60% jami 11 440 000 oylik hisoblanadi.
Ijtimoiy himoya: O‘zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta’tillari.
Work-life balance: Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati.
Aniq bonuslar: Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 50% chegirma.
Mazali tushlik: Maktab hududida maktab hisobidan 100% qoplanadigan mazali tushliklar.
Qulaylik: Uzoqdan kelganlar yotoqxona bilan taminlanadi 100% bepul.
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
