Marketolog Ta`lim loyihasi uchun
5 000 000 – 15 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Talablar:
-
• Marketing sohasida kamida 1-2 yillik ish tajribasi;
• Target reklama platformalari (Meta Ads, Instagram, Facebook) bilan ishlash tajribasi;
• CRM tizimlari va tahlil vositalari bilan ishlay olish;
• Lid, konversiya, CAC, ROMI kabi marketing ko‘rsatkichlarini tushunish;
• Kuchli tahliliy va strategik fikrlash qobiliyati;
• Kopirayting va kontent marketing bo‘yicha asosiy bilimlar;
• Jamoa bilan ishlash va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalari;
• Opit v oblasti obrazovaniya yavlyayetsya preimushestvom.
Vazifalar:
-
• Ta’lim markazining marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Onlayn va oflayn reklamalarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
• Ijtimoiy tarmoqlar, maqsadli reklama va boshqa raqamli kanallar orqali mijozlarni jalb qilish;
• Lidlar oqimi va reklama samaradorligini tahlil qilish;
• Savdo bo‘limi bilan hamkorlikda marketing voronkasini takomillashtirish;
• Aksiyalar, seminarlar, ochiq darslar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
• Kontent rejasini ishlab chiqish va kontent jamoasi faoliyatini muvofiqlashtirish;
• Raqobatchilarni o‘rganish va bozor tahlilini o‘tkazish;
• Marketing byudjeti bilan ishlash va hisobot tayyorlash;
• O‘quvchilar soni va daromadni oshirishga qaratilgan yangi g‘oyalarni taklif etish.
Sharoitlar:
-
Barqaror maosh +KPI asosida bonus;
• Rivojlanayotgan ta’lim loyihasida muhim o‘rin egallash imkoniyati;
• Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari;
• Zamonaviy ish muhiti va kuchli jamoa;
• Marketing bo‘yicha yangi g‘oyalarni amalga oshirish erkinligi.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
