Kvartira tozalovchi
Bu rol uchun odatdagi maosh
2,4mlnminimum
4mlno'rtacha
8,2+mlnmaksimum
Toshkent shahriRossiya elchixonasi
150 000 so'mdan/xizmat
Format:Yarim stavka
Ish tartibi:Ofisda
Ish vaqti:10:00-14:00
Jins:Ayollar
Afzal ko‘riladigan tillar:
- Rus
Ish tafsilotlari
Mehmonlar chiqib ketganidan so‘ng 1 va 2 xonali kvartiralarni tozalash hamda yangi mehmonlar kelishiga tayyorlash uchun mas’uliyatli va ozoda ayol yoki qizni ishga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Kvartirani albatta changyutgich bilan tozalash
- Pol va yuzalarni nam tozalash
- Sanuzellarni tozalash
- Choyshablarni almashtirish
- Oshxonani tozalash, zarur bo‘lsa idishlarni yuvish
- Chiqindilarni olib chiqish
- Kvartirani yangi mehmonlar kelishiga to‘liq tayyorlash
Talablar
- Ayol yoki qiz
- Mas’uliyatli, ozoda va saranjom bo‘lish
- Vaqtga rioya qilish va ishga vijdonan yondashish
- Rus tilida gaplasha olish ma’qul, lekin majburiy emas
- Ish tajribasi bo‘lsa yaxshi
Ish vaqti
- Asosiy tozalash vaqti — 10:00 dan 14:00 gacha
- Ish kunlari va tozalashlar soni mehmonlarning kelishi va ketishiga qarab belgilanadi
- Bitta kvartirani tozalash uchun taxminan 2 soat vaqt ajratiladi
Maosh tafsiloti
- Har bir tozalash uchun 150 000 so‘m
Eslatma
- Ish joylari: Yakkasaroy tumani — Shamsiddin Kulol ko‘chasi; Mirobod tumani — Rossiya elchixonasi yaqinida.
Bu rol uchun odatdagi maosh
2,4mlnminimum
4mlno'rtacha
8,2+mlnmaksimum
ID 102771
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

