KVARTIRA SOTUVCHI MUTAXASSIS

KVARTIRA SOTUVCHI MUTAXASSIS

6 000 000 – 24 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:9:00-18:00
Bo'sh o'rinlar:2
Jins:Ayollar
Yosh:20 – 35
Talab qilinadigan tillar:
  • 🇹🇯Tojik· Yuqori
  • O‘zbek· Ona tili
Afzal ko‘riladigan tillar:
  • Rus· O'rta+

Ish tafsilotlari

KVARTIRA SOTUVCHI MUTAXASSIS

Siz sotuv sohasida tajribaga egamisiz va ko‘chmas mulk bozorida o‘z kuchingizni sinab, yuqori daromadga chiqishni xohlaysizmi? ARXAN group jamoasiga mas’uliyatli, kirishimli va maqsad sari intiluvchi xotin-qizlarni ishga taklif qilamiz!

Sizdan sovuq qo‘ng‘iroqlar yoki mijozlarni ko‘chadan qidirish talab etilmaydi! Bizda faqat ofisga tayyor kelgan mijozlar bilan ishlanadi.

Sizning asosiy vazifalaringiz:

• To‘liq sotuv sikli: Ofisga tashrif buyurgan mijozlarni kutib olish, ularning istaklarini aniqlash va mos xonadonlarni taklif qilish;

• Professional taqdimot: Uy loyihalari, qurilish sifati, qulayliklari va to‘lov shartlari haqida batafsil ma’lumot berish;

• Muzokaralar olib borish: Mijozning shubha va e’tirozlari bilan ishlash, ularga to‘g‘ri yechimlar ko‘rsatish;

• Shartnomalar: Sotuv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash va hujjatlarni rasmiylashtirish;

• Rejani bajarish: Oylik sotuv rejasini (20 ta xonadon) sifatli amalga oshirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

• Ish tajribasi: Sotuv sohasida kamida 3 yillik muvaffaqiyatli tajriba (ko‘chmas mulk sohasida bo‘lsa, qo‘shimcha ustunlik beradi);

• Til bilish ko‘nikmasi: O‘zbek va tojik tillarida erkin gaplasha olish (ikkala tilni mukammal bilish muhim);

• Shaxsiy fazilatlar: Xushmuomalalik, go‘zal nutq madaniyati, mijozlarni jalb qila olish qobiliyati va stressga chidamlilik.

Biz sizga nima taklif qilamiz?

• Kafolatlangan oklad: 6 000 000 so‘m;

• Yuqori bonuslar: Har bir sotilgan xonadondan foizlar (bonuslar bilan birgalikda umumiy daromad 24 000 000 so‘mgacha yetadi);

• Ish grafigi: 6/1, soat 09:00 dan 18:00 gacha;

• Qulay sharoitlar: Tayloq markazida joylashgan zamonaviy va shinam ofis, tayyor mijozlar oqimi (xolodniy poisk yo‘q).

O‘z sohangizning malikasi bo‘ling va yuqori cho‘qqilarni biz bilan zabt eting!

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 24 mln gacha
2mlnminimum
4,3mlno'rtacha
12+mlnmaksimum
ID 116564

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Samarqandda o'xshash ish o'rinlari