Kreativ Grafik dizayner
Golden Minds marketing agentligi
6 000 000 – 10 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Golden Minds marketing agentligi jamoasiga kreativ Grafik dizayner qidirmoqda
Agar siz kreativ fikrlaydigan, zamonaviy dizayn trendlarini kuzatib boradigan va marketing loyihalari bilan ishlash tajribasiga ega mutaxassis bo'lsangiz, sizni jamoamizda kutamiz.
Vazifalar
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun kreativ post va storis dizaynlarini yaratish.
- Bannerlar, prezentatsiyalar va reklama materiallarini tayyorlash.
- Brend uslubiga mos vizual kontent ishlab chiqish.
- Marketing va SMM jamoasi bilan birgalikda kreativ g'oyalarni amalga oshirish.
- Loyihalarni belgilangan muddatlarda sifatli topshirish.
Talablar
- Grafik dizayn sohasida kamida 2 yil ish tajribasi.
- Adobe Photoshop, Illustrator va Figma dasturlarini yaxshi bilish.
- Portfolioning mavjudligi.
- Dizaynning asosiy tamoyillari: kompozitsiya, tipografiya va ranglar bilan ishlash ko'nikmasi.
- Mas'uliyatlilik, kreativlik va tafsilotlarga e'tiborli bo'lish.
Imtiyozlar
- Qonunchilik asosida rasmiy ishga qabul qilish.
- Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o'tgach maosh va KPI tizimini qayta ko'rib chiqish imkoniyati.
- O'sib borayotgan marketing agentligida karyera qilish imkoniyati.
- Professional va do'stona jamoada ishlash.
- Tajribali rahbarlar tomonidan qo'llab-quvvatlash va mentorlik.
- Qulay ofis va professional rivojlanish imkoniyati.
Maosh tafsiloti
- 6 000 000 – 10 000 000 so'm
Ish vaqti
- 5/2, 10:00–19:00
Eslatma
Rezyume va portfolio bilan murojaat qiling!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
