Ishlab chiqarish ishchisi (metall qolip)
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
MINAR ISHLAB CHIQARISHGA ISHCHILARNI TAKLIF QILADI!
Mehnatdan qochmaysizmi? Mas’uliyatlisizmi? Barqaror ish va yaxshi daromad izlayapsizmi? Unda bu imkoniyat siz uchun!
MINAR — qurilish sohasi uchun metall qolip tizimlari (opalubka) va teleskopik ustunlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Biz jamoamizga mehnatsevar, intizomli va mas’uliyatli ishchilarni taklif qilamiz!
Imtiyozlar
- Ish haqi — 5 000 000 so‘mdan boshlanadi + bonuslar
- Barqaror ish va doimiy daromad
- Boshqa viloyatlardan kelganlar uchun yotoq joy va zarur yashash sharoitlari
- Ish davomida 3 mahal ovqat
- Ishlab chiqarish sohasida tajriba orttirish imkoniyati
Talablar
- 18 yoshdan 35 yoshgacha bulish
- Payvandlash (svarka) ishlari bo‘yicha avval ishlagan bo‘lsa avzalroq
- Jismoniy mehnatga tayyorlik
- Mehnatsevarlik, intizom va mas’uliyat
- Jamoa bilan ishlash va topshiriqlarni sifatli bajarishga intilish
Ish vaqti
- Haftasiga 6 kun (6/1), 08:00–18:00
- Ish manzili: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Farhod shaharchasi
Eslatma
Ishga qabul qilish suhbat asosida amalga oshiriladi.
ISH IZLAB YURMANG — MINAR JAMOASIGA QO‘SHILING!
Ushbu e’lonni ish izlayotgan tanishlaringizga ham yuboring!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

