Ishlab chiqarish boshqaruvchisi (metall va suvarka ustaxonasi)

Ishlab chiqarish boshqaruvchisi (metall va suvarka ustaxonasi)

Samatov ustaxonasi

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

SAMATOV USTAXONASIGA ISH BOSHQARUVCHI KERAK! Metallga ishlov berish va suvarka ustaxonamizga tajribali, mas’uliyatli va ishni tartib bilan boshqara oladigan rahbar izlaymiz!

Vazifalar

  • Suvarchik ustalar va ishchilar faoliyatini boshqarish.
  • Xomashyo kirimi va sarfini nazorat qilish.
  • Ombordagi metall va boshqa materiallar hisobini yuritish.
  • Ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish.
  • Tayyor mahsulotlar soni, sifati va hisobini tekshirish.
  • Tayyor mahsulotlarning omborga topshirilishini nazorat qilish.
  • Materiallar isrofini kamaytirish va tannarxni nazorat qilish.
  • Ishchilarning intizomi va mehnat unumdorligini oshirish.
  • Kunlik va oylik hisobotlarni rahbariyatga taqdim etish.

Talablar

  • Boshqaruvchilik tajribasiga ega bo‘lish.
  • Metall ishlab chiqarish va suvarka ishlarini tushunish.
  • Xomashyo va tayyor mahsulot hisobini yurita olish.
  • Halol, ishonchli va mas’uliyatli bo‘lish.
  • Jamoani boshqarish va tartib o‘rnata olish.
  • Natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.

Maosh tafsiloti

  • Tajriba va ish natijasiga qarab kelishiladi.

Eslatma

Bizga shunchaki nazoratchi emas, ishlab chiqarishni boshqaradigan va natija uchun javob beradigan rahbar kerak! Murojaat uchun shaxsiy xabar yozing.

Bu rol uchun odatdagi maosh

3,8mlnminimum
7mlno'rtacha
15mlnmaksimum
ID 116637

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Farg'onada o'xshash ish o'rinlari