International logistics & sales specialist
- O‘zbek
- Ingliz
Xitoy
- Rus
Ish tafsilotlari
KONIDA MCHJ xalqaro logistika va savdo yo‘nalishida tajribaga ega, faol va mas’uliyatli mutaxassisni jamoamizga taklif qiladi. Asosiy yo‘nalishlar: Xalqaro yuk tashish va logistika, Xitoy ↔️ Markaziy Osiyo yo‘nalishidagi logistika jarayonlari, Logistika xizmatlari va konteyner savdosi, Mijozlar bilan ishlash va savdo jarayonlarini tashkil qilish.
Vazifalar
- Xalqaro yuk tashish jarayonlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish
- Xitoy va Markaziy Osiyo yo‘nalishlarida yuk tashish imkoniyatlarini izlash
- Konteynerlar bo‘yicha mijozlarni izlash va savdo jarayonlarini olib borish
- Mijozlar va logistika hamkorlari bilan muzokaralar olib borish
- Transport va yuk yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilish
- Logistika xizmatlari bo‘yicha yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish
- Bozor va transport tariflarini o‘rganish
- Buyurtmadan yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilish
Talablar
- Logistika sohasida kamida 1–2 yil tajriba
- Xalqaro yuk tashish jarayonlari bo‘yicha amaliy tushunchaga ega bo‘lish
- Xitoy–Markaziy Osiyo logistika yo‘nalishini tushunish — katta afzallik
- Savdo va muzokara olib borish ko‘nikmalari
- O‘zbek va ingliz tillarini bilish
- Xitoy va rus tillarini bilish — afzallik
- Mas’uliyatli, faol va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish
Imtiyozlar
- Maosh — suhbat asosida kelishiladi
- Bonus tizimi
- To‘liq stavkali ish
- Karyera o‘sish imkoniyati
- Xalqaro logistika va savdo sohasida rivojlanish imkoniyati
Ish vaqti
- 09:00–18:00
- Ish tartibi: 6/1
Eslatma
Rezyumeni yuboring. Qo‘shimcha ma’lumotlar suhbat davomida beriladi.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

