Ingliz tili fanidan yordamchi ustoz
Bozordan past maosh
Ish tafsilotlari
COLBA maktabining Samarqand filialiga ingliz tili fanidan yordamchi ustoz izlayapmiz! Biz tabiiy fanlarga qiziqqan bolalarni o‘qitib, ularni tibbiyot oliygohlariga tayyorlaymiz. 16 yildan beri ta’lim sohasidamiz, hozirda 4 ta COLBA maktabi va 3 ta o‘quv markazimiz mavjud. Vakansiya ish o‘rni kengayayotganligi sababli ochildi.
Talablar
- Yosh: 20–25 yosh oralig‘ida
- Jinsi: Ayol/Erkak
- Tajriba: 1 yil
- IELTS 7.0+ yoki CEFR C1 sertifikati
- Ravon so'zlashuv (Speaking), to'g'ri talaffuz va mukammal grammatik bilimlar
- Mas’uliyatli
- Sinchkov
- Stressga chidamli
Vazifalar
- Mavzuni o'zlashtirishda qiynalayotgan o'quvchilar bilan qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazish, lug'at va grammatik qoidalarni qayta tushuntirish
- O'quvchilarning kunlik uyga berilgan vazifalarini va lug'at yodlash holatini tekshirish hamda xatolari ustida ishlash
- Asosiy ustoz ko'rsatmasi bo'yicha lug'at testlari, intermediate/final quiz'larni tekshirish va natijalarni qayd etib borish
Maosh tafsiloti
- 3 000 000 - 4 000 000 so‘m
Ish vaqti
- 14:00 – 17:20 | 6/1
Eslatma
Rezyume yuborish.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

