Influencer Marketing Manager
Ish tafsilotlari
DILMUSS — ayollar fashion-brendi. Agar siz O‘zbekiston blogerlarini faqat Instagram lentasidan emas, balki professional tomondan ham yaxshi bilsangiz, brend uchun aynan mos influenserlarni topa olsangiz, eng yaxshi shartlarda kelisha olsangiz va integratsiyalarni shunchaki ko‘rishlar emas, real natijaga aylantira olsangiz — biz albatta tanishishimiz kerak.
Vazifalar
- Blogerlar va mikroinfluencerlarni izlash va tanlash
- Narx va hamkorlik shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borish
- Reklama integratsiyalarini g‘oyadan boshlab e’longacha tashkil qilish
- Texnik topshiriqlarni tayyorlash va nazorat qilish
- Muddatlar va kelishuvlarga rioya qilinishini nazorat qilish
- Blogerlar bazasini yuritish
- Joylashtirishlar samaradorligini tahlil qilish
- Brend manfaatlarini himoya qilish va eng foydali shartlarga erishish
Talablar
- Blogerlar / influencer marketing bilan ishlash tajribasi
- O‘zbekiston blogerlari va trendlarini yaxshi bilish
- Qamrov, ER, ko‘rishlar, sotuvlar va boshqa metrikalarni tushunish
- Mas’uliyat, tezkorlik va kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari
Maosh tafsiloti
- 8–10 mln so‘m
Eslatma
Bu yerda vazifa shunchaki «blogerlarga yozish» emas. Bizga KIMNI tanlash, NEGA aynan shu blogerni tanlash va hamkorlikdan brend uchun QANDAY qilib maksimal natija olishni tushunadigan mutaxassis kerak. Agar o‘zingizni shu tavsifda ko‘rsangiz, rezyumengizni shaxsiy xabarga yuboring. Qo‘shimcha ravishda ishlagan blogerlaringiz yoki influencer-kampaniyalaringiz misollarini ham yuborsangiz, bu katta ustunlik bo‘ladi.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
