Import manager intern

Import manager intern

Arebor

3 000 000 – 6 000 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Qulayliklar:
Ovqat
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:
  • O‘zbek
  • Rus
Afzal ko‘riladigan tillar:
  • Ingliz

Ish tafsilotlari

Arebor — ishlab chiqaruvchi va distributorlarni xalqaro B2B xaridorlar bilan bog‘laydigan marketplace. Import yo‘nalishida esa xorijiy bozorlardan mahsulotlarni topish, O‘zbekistondagi B2B xaridorlarga taklif qilish va yetkazib berish jarayonini tashkil qilamiz. Tajriba talab qilinmaydi.

Vazifalar

  • O‘zbekistondagi B2B mijozlarning mahsulot talablarini o‘rganish
  • Turkmeniston, Eron, Dubay va boshqa bozorlardan kerakli mahsulotlarni izlash
  • Yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa qilish
  • Mahsulot narxi, MOQ, sifat, sertifikat va yetkazib berish shartlarini aniqlash
  • Mahsulot kataloglari va kerakli ma’lumotlarni yig‘ish
  • Mahsulotlarni Arebor marketplace'iga joylashtirish
  • Mijozlarga mahsulot, narx, logistika va to‘lov shartlari bo‘yicha ma’lumot berish
  • Buyurtmadan yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni kuzatib borish
  • CRM va ichki tizimlarda mijozlar va mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish

Talablar

  • Odamlar bilan erkin muloqot qila olish
  • Mas’uliyatli va tartibli bo‘lish
  • Tez o‘rganish va yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirish
  • O‘zbek va rus tillarini bilish
  • Ingliz tilini bilish — ustunlik

Imtiyozlar

  • 1 oy davomida bepul amaliy o‘qitish va mentorlik
  • Import yoki xalqaro savdo tajribasi shart emas — Arebor 1 oy davomida o‘qitadi
  • Import va xalqaro B2B savdoni amalda o‘rganish
  • Real mahsulotlar, yetkazib beruvchilar va bizneslar bilan ishlash
  • Karyera va professional rivojlanish imkoniyati
  • Tushlik kompaniya hisobidan

Maosh tafsiloti

  • 2-oydan boshlab 3 000 000 – 6 000 000 so‘m maosh

Ish vaqti

  • 5/2 ish grafigi

Agar xalqaro savdo va B2B yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz, Arebor jamoasiga qo‘shiling.

Bozorbop maosh

Bu e'lon · 6 mln gacha
2mlnminimum
5mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 117649

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari