Import bo'yicha yordamchi & tajribasizlar va talabalar ham qabul qilinadi
Bozordan yuqori maosh
- O‘zbek
- Rus
- Ingliz
Ish tafsilotlari
• Kompaniyaning faoliyat sohasi: Xalqaro B2B savdo va marketplace. Import yo‘nalishida xorijiy bozorlardan mahsulot topish, O‘zbekistondagi B2B xaridorlarga taklif qilish va yetkazib berishni tashkil etish.
• Ish haqi: 2-oydan boshlab 3 500 000–8 000 000 so‘m
• Ish jadvali: 5/2
• Yoshi: 19-30
• Til bilimi: O‘zbek va rus tillarini bilish kerak. Ingliz tilini bilish — ustunlik.
• Ish tajribasi: Talab qilinmaydi. 1 oy davomida amaliy o‘qitish va mentorlik beriladi.
• Vazifalari:
O‘zbekistondagi B2B mijozlarning mahsulot talablarini o‘rganish;
Turkmaniston, Eron, Dubay va boshqa bozorlardan mahsulot izlash;
Yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchilar bilan bog‘lanib, narx, MOQ, sifat, sertifikat va yetkazib berish shartlarini aniqlash;
Mahsulot ma’lumotlarini yig‘ish va Arebor marketplace’iga joylashtirish;
Mijozlarga mahsulot va savdo shartlari haqida ma’lumot berish;
Buyurtmadan yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni kuzatish;
CRM va ichki tizimlarda ma’lumotlarni yuritish.
• Talablar: Odamlar bilan erkin muloqot qila olish, mas’uliyatli va tartibli bo‘lish, tez o‘rganish.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
