Hunter — Sotuv menejeri
Bozordan yuqori maosh
MFaktor
3 000 000 – 25 000 000 so'm
- O‘zbek
Ish tafsilotlari
MFaktor jamoasiga faol, natijaga yo'naltirilgan va kuchli kommunikatsiya ko'nikmalariga ega Hunter — Sotuv menejeri qidirmoqdamiz. Agar siz kelib tushgan sovuq va issiq lidlar bilan faol ishlashni, mijoz ehtiyojini aniqlashni va har bir lidni sotuvga aylantirish uchun natijagacha olib borishni bilsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Vazifalar
- Sovuq va issiq lidlar bilan faol ishlash
- Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va unga mos kursni taklif qilish
- Mijozlarning savollari va e'tirozlari bilan professional ishlash
- Muzokaralarni olib borish va sotuvni yakuniga yetkazish
- CRM tizimida lidlar bilan ishlash va ma'lumotlarni muntazam yangilab borish
- Belgilangan sotuv rejasini bajarish
Talablar
- Sotuv sohasida kamida 6 oylik tajriba
- Ta'lim yoki kurslar sohasida sotuv tajribasiga ega bo'lish — qo'shimcha ustunlik
- O'zbek tilida ravon muloqot qila olish
- O'zbek tilidan tashqari boshqa tilni bilish — ustunlik beradi
- Kompyuterda erkin ishlash ko'nikmasi
- CRM, Word va Excel dasturlaridan foydalana olish
- Sovuq va issiq lidlar bilan ishlash tajribasi
- Muzokara olib borish va e'tirozlar bilan ishlash ko'nikmasi
- 6/1, 10:00–18:00 ish grafigida ishlay olish
Imtiyozlar
- Kunlik, haftalik va oylik bonuslar
- Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati
- Karyera va professional rivojlanish imkoniyati
- MFaktor kurslarida bepul o'qish
- Kompaniya hisobidan bepul tushlik
- Kuchli va professional jamoada ishlash
- Taniqli spikerlar va tadbirkorlar bilan muloqot qilish imkoniyati
- Yirik biznes tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish
- Yangi tanishuvlar va professional networking
- Sotuv va biznes bo'yicha doimiy rivojlanish va amaliy bilimlar
Maosh tafsiloti
- Daromad: 3 000 000 – 25 000 000 so'm (oklad + KPI)
Ish vaqti
- 6/1, 10:00–18:00
Eslatma
Agar siz natijaga yo'naltirilgan, faol va mijoz bilan ishlashni yaxshi ko'radigan sotuvchi bo'lsangiz — rezyumengizni yuboring va MFaktor jamoasiga qo'shiling!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
