HR mutaxassisi (jamoani shakllantirish va rivojlantirish)

HR mutaxassisi (jamoani shakllantirish va rivojlantirish)

Zest Up

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Zest Up telefon aksessuarlari distribyutsiya kompaniyasi jamoasiga HR mutaxassisini qidiryapmiz. Biz hozir o'sish va kengayish bosqichidamiz — Farg'ona vodiysidan butun O'zbekiston bo'ylab kengayishni rejalashtiryapmiz. Shu yo'lda siz ham biz bilan birga o'sish imkoniga ega bo'lasiz.

Vazifalar

  • Nomzodlarni to'g'ri saralab, mos xodimni to'g'ri lavozimga joylashtirish
  • Yangi xodimlarni ishga moslashtirish (onboarding) va o'qitish
  • Xodimlarni rivojlantirib, jamoada uzoq muddat qolishlarini ta'minlash
  • Jamoa ichida nazorat va motivatsiya tizimini yuritish

Talablar

  • HR yoki xodimlarni boshqarish sohasida tajriba (afzallik)
  • Odamlar bilan ishlashni yaxshi ko'rish, kommunikativ ko'nikmalar
  • Mas'uliyatli, tashabbuskor, natijaga yo'naltirilgan

Eslatma

Tajribangiz va aloqa ma'lumotlaringizni qoldiring — suhbatga taklif qilamiz. Agar tajribangiz bo'lsa o'z ishingizni ustasi deb bilsangiz aloqaga chiqing.

Bu rol uchun odatdagi maosh

3mlnminimum
6,5mlno'rtacha
12+mlnmaksimum
ID 102519

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Andijonda o'xshash ish o'rinlari