HR Manager
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ish tafsilotlari
Mikko — jamoasi kundan-kunga kengayib borayotgan, Buxoro va Toshkentda 3 ta filialga ega rivojlanayotgan bolalar kiyimlari do'koni. Endi biz jamoamizni yanada kuchaytirish uchun HR MANAGER izlayapmiz!
Vazifalar
- 3 ta filial xodimlari bilan ishlash
- Yangi xodimlarni izlash va suhbatdan o'tkazish
- Xodimlarni ishga qabul qilish va moslashtirish
- Mikko qoidalari va standartlariga o'rgatish
- Xodimlarning ish faoliyatini nazorat qilish
- Davomat, kechikish va ish intizomini kuzatish
- Xodimlar motivatsiyasi va jamoaviy muhit bilan ishlash
- Xodimlarning muammolarini o'rganish va yechim topish
- Xodimlar uchun trening va o'quv jarayonlarini tashkil qilish
- Rahbariyatga xodimlar bo'yicha hisobot berish
Talablar
- Mas'uliyatli
- Tartibli va talabchan
- Odamlar bilan tez til topisha oladigan
- Muammoli vaziyatlarda to'g'ri qaror qila oladigan
- Nazoratni yaxshi ko'radigan
- O'rganishga va rivojlanishga intiladigan
- Natija uchun ishlaydigan
- HR sohasida tajribaga ega bo'lsa — katta ustunlik
Imtiyozlar
- Barqaror ish
- O'sib borayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati
- Rivojlanish va karyera imkoniyati
- Natijaga qarab bonuslar
- Kuchli jamoa bilan ishlash
- HR sifatida o'z tizimingizni yaratish imkoniyati
- Kam tajribali HR lar uchun birga rivojlanish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Oylik suhbat davomida
Agar siz odamlar bilan ishlashni, jamoa qurishni va katta tizimning bir qismi bo'lishni istasangiz — biz sizni kutamiz! MIKKO — biz uchun xodim shunchaki xodim emas. U — brendimizning yuzi.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
