Head of Personal Brand & PR

Head of Personal Brand & PR

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:9:00-18:00
Jins:Farqi yo'q
Yosh:22 – 35
Talab qilinadigan tillar:Rus (Yuqori (C1–C2)), O‘zbek (O'rta+ (B2))

Ish tafsilotlari

Kompaniya: Ilxom Begimkulov jamoasi

Biz haqimizda

Bugungi kunda Ilxom Begimkulovning ijtimoiy tarmoqlarda 500 000+ auditoriyasi mavjud. Minglab tadbirkorlar bizning ta'lim dasturlarimiz orqali biznesini rivojlantirmoqda.

Bizning asosiy maqsadimiz — Ilxom Begimkulovni Markaziy Osiyodagi eng kuchli biznes shaxsiy brendlaridan biriga aylantirish.

Shu sababli jamoamizga strategik fikrlaydigan, katta loyihalarni boshqara oladigan va shaxsiy brendni yangi bosqichga olib chiqadigan Head of Personal Brand & PR lavozimiga kuchli mutaxassisni taklif qilamiz.


Asosiy vazifalar

  • Personal Brand uchun 1–3 yillik PR strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Media, televideniye, podkastlar, internet nashrlari va jurnalistlar bilan uzoq muddatli hamkorliklarni yo'lga qo'yish.
  • O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi biznes liderlari, blogerlar va ekspertlar bilan strategik hamkorliklarni tashkil etish.
  • Intervyular, konferensiyalar, forumlar va ommaviy chiqishlarni rejalashtirish va boshqarish.
  • Brend reputatsiyasini boshqarish hamda krizis kommunikatsiyasi strategiyasini ishlab chiqish.
  • Marketing, Creative va SMM jamoalari bilan yagona kommunikatsiya strategiyasini yuritish.
  • PR kampaniyalari samaradorligini KPI asosida tahlil qilish va rivojlantirish.
  • Shaxsiy brendning media qamrovi, ta'siri va ishonchliligini muntazam oshirib borish.

Biz uchun muhim

Biz oddiy PR menejer izlamayapmiz.

Bizga strategik fikrlaydigan, networking qobiliyati kuchli va katta loyihalarni boshqara oladigan lider kerak.

Agar siz faqat press-reliz yozish, post joylash yoki tadbir tashkil qilish bilan shug'ullangan bo'lsangiz, ushbu lavozim siz uchun emas.


Talablar

  • PR, Personal Branding, Marketing yoki Communications yo'nalishida kamida 3 yillik tajriba.
  • Shaxsiy brend yoki kompaniya reputatsiyasini rivojlantirish bo'yicha muvaffaqiyatli loyihalar.
  • Media, blogerlar va jurnalistlar bilan ishlash tajribasi.
  • Kuchli networking va muzokara olib borish ko'nikmalari.
  • Storytelling va strategik kommunikatsiyani chuqur tushunish.
  • Analitik fikrlash va KPI asosida ishlash tajribasi.
  • O'zbek va rus tillarida erkin muloqot qilish (ingliz tili ustunlik beradi).

Biz taklif qilamiz

  • Strategik qarorlar qabul qilish imkoniyati.
  • 500 000+ auditoriyaga ega shaxsiy brend bilan ishlash.
  • Professional va ambitsiyali jamoa.
  • Katta masshtabdagi loyihalarni boshqarish imkoniyati.
  • Professional rivojlanish va uzoq muddatli karyera.
  • Raqobatbardosh maosh (suhbat davomida kelishiladi).

Ish sharoitlari

Ish grafigi: Dushanba – Shanba

Ish vaqti: 09:00 – 18:00

Manzil: Shayxontohur tumani, Xalqlar do'stligi metro bekati yaqinida, Nest One Business Center.

Oylik maosh: 1000$ (Suhbat davomida kelishiladi.)
Murojaat uchun: 332946007

Bu rol uchun odatdagi maosh

2,5mlnminimum
6,6mlno'rtacha
14+mlnmaksimum
ID 59339

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkent shahrida o'xshash ish o'rinlari