Hamshira (navbatchi)
Bilaz Medical Clinic
Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumaniBilaz Medical Clinic
Maosh: Kelishiladi
Bu rol uchun odatdagi maosh
1,5mlnminimum
3,3mlno'rtacha
5,2+mlnmaksimum
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:Smenali
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Ish tafsilotlari
Bilaz Medical Clinic jamoasiga Hamshira (Navbatchi) lavozimiga ishga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Bemorlarga shifokor ko'rsatmasi asosida barcha tibbiy muolajalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish
- Vena ichiga ukol qilish, sistema (kapelnitsa) qo'yish va kateter qo'yishni mukammal bilishi
- Kattalar va yosh bolalarga qiyinchiliksiz vena topa olishi va muolajalarni to'g'ri bajarishi
- Navbatchilik davomida bemorlarning umumiy holatini muntazam kuzatib borish va o'zgarishlar haqida shifokorga darhol xabar berish
- Dori vositalari va tibbiy buyumlardan to'g'ri foydalanish
- Muolaja xonasi va tibbiy jihozlarning tozaligi hamda sterilligini ta'minlash
- Tibbiy hujjatlarni to'g'ri, aniq va o'z vaqtida yuritish
- Klinikadagi ichki tartib va mehnat intizomiga qat'iy rioya qilish
Talablar
- O'rta maxsus yoki oliy tibbiy ma'lumotga ega bo'lish (diplom bo'lishi shart)
- Hamshiralik yo'nalishida ish tajribasiga ega bo'lish
- Vena topish, sistema va kateter qo'yish bo'yicha yaxshi amaliy ko'nikmaga ega bo'lish
- Yosh bolalar va kattalar bilan ishlash tajribasi bo'lishi
- Xushmuomala, sabrli va bemorlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish
- Halol, mas'uliyatli va intizomli bo'lish
- Sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishi
- Jamoada ishlay olishi va rahbariyat topshiriqlarini mas'uliyat bilan bajarishi
Imtiyozlar
- O'z vaqtida maosh to'lovi
- Zamonaviy klinikada ishlash imkoniyati
- Ahil va professional jamoa
- Doimiy ish o'rni va qulay mehnat sharoiti
Maosh tafsiloti
- Suhbat asosida kelishiladi
Ish vaqti
- Oyiga 10 kun navbatchilik (24 soatlik navbatchilik grafigi asosida)
- Navbatchilik jadvali klinikaning ichki ish tartibiga muvofiq tuziladi
ID 43367
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
