Grafik dizayner
Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Grafik dizayn yo‘nalishida kamida 1–2 yillik ish tajribasi;
-
Adobe Photoshop va Adobe Illustrator dasturlarini mukammal bilish;
-
Figma dasturida ishlash ko‘nikmasi ustunlik beradi;
-
Instagram postlari, Stories, Facebook reklama kreativlari, bannerlar va boshqa raqamli materiallarni tayyorlay olish;
-
Flayer, buklet, banner, roll-up va boshqa poligrafiya mahsulotlari dizaynini tayyorlay olish;
-
Kompozitsiya, tipografiya, ranglar uyg‘unligi va vizual ierarxiyani yaxshi tushunish;
-
Brendbuk va yagona vizual uslub asosida ishlay olish;
-
Marketing maqsadlarini tushunib, auditoriyaga ta’sir qiladigan samarali dizaynlar yaratish;
-
Tezkor ishlash, feedback asosida o‘zgartirishlar kiritish va belgilangan muddatlarga rioya qilish;
-
Kreativ fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.
Asosiy vazifalar:
-
Universitetning ijtimoiy tarmoqlari uchun kundalik grafik kontent tayyorlash;
-
Facebook va Instagram reklamalari uchun performance kreativlar yaratish;
-
Qabul kampaniyalari uchun dizayn materiallarini ishlab chiqish;
-
Flayer, buklet, taqdimot, tashqi reklama va boshqa marketing materiallarini dizayn qilish;
-
Marketing kampaniyalari uchun yangi vizual konsepsiyalar ishlab chiqish;
-
SMM, videograf va marketing jamoasi bilan hamkorlikda ishlash;
-
Universitetning vizual identifikatsiyasini barcha kommunikatsiyalarda yagona uslubda saqlash.
Biz taklif qilamiz:
-
Yirik va rivojlanayotgan universitet brendi bilan ishlash imkoniyati;
-
Doimiy va turli formatdagi kreativ loyihalar;
-
Kuchli marketing jamoasi bilan ishlash;
-
Portfolio uchun yirik auditoriyaga mo‘ljallangan real loyihalar;
-
Professional rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati;
-
Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkin muhit;
-
Ahil va natijaga yo‘naltirilgan jamoa.
Muhim eslatma:
Bizga shunchaki Canva’da post tayyorlaydigan dizayner emas, balki biznes vazifalarini tushunadigan va dizayn orqali auditoriya e’tiborini jalb qila oladigan Grafik dizayner kerak.
Bog‘lanish:
Talablar sizga mos kelsa, CV va portfolioingizni quyidagi kontaktlar orqali yuboring.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
