Frontal ortish mashinasi mashinisti
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Ish tafsilotlari
OKMKga ishga qabul. 2026-yilning 14-sentabrdan 25-sentabrgacha, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasiga Frontal ortish mashinasi mashinisti kasbiga rezyumelar qabul qilinadi. Oylik ish haqi faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
Vazifalar
- Yoʻl varaqasi olish
- Frontal ortish mashinasi butligini saqlash va taʼmirlash
- Tibbiy koʻrikdan oʻtish
- Frontal ortish mashinasini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish
- Korxonaning ichki mehnat tartib qoidalariga, ichki normativ qoidalariga va mehnat muhofazasi yoʻriqnomalariga rioya qilishi
Talablar
- Oʻrta yoki oʻrta-maxsus maʼlumot (yoʻl qurilish mashinalari mashinisti diplomi yoki maqsadli oʻquv kurslarida oʻqiganligi haqida guvohnoma)
- Kovsh hajmi 3m3 dan kam boʻlmagan frontal ortish mashinasi yoki gʻildirakli buldozer mashinisti vazifasida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasi
- A,B,C,D,F,E toifali traktorchi-mashinist guvohnomasi
- Yoʻl qurilish mashinalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma (guvohnomada frontal ortish mashinasi boshqarish huquqini beruvchi toifasi (A,B,C,D,F,E) boʻlishi lozim)
Asosiy koʻnikmalar
- Ortish mashinasidan foydalanish texnik qoidalarini bilish
- Yuklovchi mashinasining qoʻllanishi, tuzilishi, boshqarishi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ishlash prinsipini bilish
- Texnik xizmat koʻrsatish turlari, davriyligi, bajariladigan ishlar tartibini bilish
- Ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish va amal qilish
Shartlar
- Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi koʻrib chiqiladi
- Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi
Eslatma
- Rezyumelarga biriktirish lozim: pasport; diplom; mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
- Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʼlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi
- Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi
Bu rol uchun odatdagi maosh
2,5mlnminimum
5,5mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
ID 94000
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
