Frontal ortish mashinasi mashinisti

Frontal ortish mashinasi mashinisti

Olmaliq KMK

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

OKMKga ishga qabul. 2026-yilning 14-sentabrdan 25-sentabrgacha, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasiga Frontal ortish mashinasi mashinisti kasbiga rezyumelar qabul qilinadi. Oylik ish haqi faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.

Vazifalar

  • Yoʻl varaqasi olish
  • Frontal ortish mashinasi butligini saqlash va taʼmirlash
  • Tibbiy koʻrikdan oʻtish
  • Frontal ortish mashinasini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish
  • Korxonaning ichki mehnat tartib qoidalariga, ichki normativ qoidalariga va mehnat muhofazasi yoʻriqnomalariga rioya qilishi

Talablar

  • Oʻrta yoki oʻrta-maxsus maʼlumot (yoʻl qurilish mashinalari mashinisti diplomi yoki maqsadli oʻquv kurslarida oʻqiganligi haqida guvohnoma)
  • Kovsh hajmi 3m3 dan kam boʻlmagan frontal ortish mashinasi yoki gʻildirakli buldozer mashinisti vazifasida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasi
  • A,B,C,D,F,E toifali traktorchi-mashinist guvohnomasi
  • Yoʻl qurilish mashinalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma (guvohnomada frontal ortish mashinasi boshqarish huquqini beruvchi toifasi (A,B,C,D,F,E) boʻlishi lozim)

Asosiy koʻnikmalar

  • Ortish mashinasidan foydalanish texnik qoidalarini bilish
  • Yuklovchi mashinasining qoʻllanishi, tuzilishi, boshqarishi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ishlash prinsipini bilish
  • Texnik xizmat koʻrsatish turlari, davriyligi, bajariladigan ishlar tartibini bilish
  • Ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish va amal qilish

Shartlar

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi koʻrib chiqiladi
  • Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi

Eslatma

  • Rezyumelarga biriktirish lozim: pasport; diplom; mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
  • Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʼlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi
  • Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi

Bu rol uchun odatdagi maosh

2,5mlnminimum
5,5mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
ID 94000

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkent viloyatida o'xshash ish o'rinlari